Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet162/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy-huquqiy haqiqatni u yoki bu darajada to‘g‘ri
aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ilmiy huquqiy ong huquqni ijod qilish faoliyatining birinchi darajali manbayi bo‘lgani uchun huquqiy amaliyotni takomillashtiradi. Unda huquqiy nazariya va huquqiy g‘oyalar, tasavvurlar va tushunchalar tizimi bilan bir qatorda, huquqshunoslarning kasbiy huquqiy ongi ham ajratiladi.
Huquqshunoslar huquqiy ong jihatidan qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro-
larning huquqiy mulohazalaridan o‘zlarining huquqiy me’yor va nuqtayi nazar- lari, bilimining teranligi hamda katta hajmi va eng muhimi, huquq qoidalari va me’yorlarini qo‘llashni bilishlari bilan farq qiladilar. Huquqshunoslar huquqqa, shuningdek uning amalda qo‘llanilishiga kasbiy malaka bilan yondashadilar. Bu qonunchilik bilan yuqori darajada mos kelish, huquqni qo‘llash foydaliligi va uni chuqur tushunish zarurligini nazarda tutadi. Kasbiy huquqiy ong huquqiy


oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish natijasida shakllanadi, so‘ngra huquqiy amali- yot jarayonida sayqallanadi.
Huquqshunos-olimlar huquqiy ong funksiyalari masalasini ham tahlil
etadilar va huquqiy ongning axborot olish, baholash va tartibga solish funksi- yalarini ko‘rsatadilar.
Axborot olish funksiyasi jamiyat barcha a’zolarining turli shakldagi
huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot olish funksiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan: birin- chidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan, qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish ja- rayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy tasavvurlar shaklida ifoda etadi; uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish jarayoni hisoblanib, huquqiy g‘oyalar, tushuncha va e’tiqodlar uning mah- sulidir.
Baholash funksiyasi huquqiy ongning o‘sishi natijasida insonlarning huquqiy va huquqqa zid bo‘lgan ko‘rinishlarni bir-biridan ajrata olishishga erishishiga xizmat qiladi.
Tartibga solish funksiyasi esa, shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishi, ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda huquqiy ongning gnoseologik, boshqa- ruv va huquqiy shakllantirish funksiyalari alohida shaklda ajratib ko‘rsatiladi.
Gnoseologik funksiya obyektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni
bilishni tavsif etadi. Boshqaruv – o‘z fe’l-atvorini huquq talablari bilan qiyos- lash vositasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishdir.
Huquqiy ongning o‘zini boshqarish funksiyasi inson orzu-intilishlarini
oqilona ro‘yobga chiqarish huquqiy ongning amaliy tomoni hisoblanib, u iroda orqali amalga oshiriladi. U huquqiy bilimlarni aniqlash, ichki tuyg‘ular bilan mavjud huquqiy e’tiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish va qarorni ijro etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong qabul qilayotgan huquqiy axborotni «qayta ishlash» va o‘zlashtirishda inson fe’l-atvorini boshqa- ruvchi murakkab mexanizmlar muhim o‘rin egallaydi, u manfaatni anglash, maqsadni aniqlash, asoslar tizimi va istagini namoyon etish kabi holatlarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy ongning tashkil etish, uyushtirish funksiyasi – huquq sub-
yektlari xulqi, xatti-harakatlarini shakllantirish, uyushtirish, tashkil etishdan iborat bo‘lib, u ijtimoiy hayot va taraqqiyot uchun juda muhim hisoblanadi. Shu ma’noda huquqning yaratuvchanlik, bunyodkorlik salohiyati xususida gapirish mumkin.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish