Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holi munosabat-
lar va vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs hamda jamoalarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta’riflanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy ko‘pchilik qismi mana shu xususiy hayot sohasida ro‘yobga chiqariladi. Biroq, bu shaxslarning ijtimoiy hayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.
Fuqarolik jamiyati – shaxslarning oddiy yig‘indisi emas, balki ular
o‘rtasidagi turli aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik va hamjihatlik tashkiliy-institutsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, u
1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоnning siyosiy-ijtimоiy vа iqtisоdiy istiqbоlining аsоsiy tаmоyillаri. – T.:
«O‘zbekiston», 1995. – 14-bet.
2 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sag‘asida: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. – T.: «O‘zbekiston», 1997. – 173-bet.
31–18-8
turli ijtimoiy kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni uch asosiy jihat, uchta yo‘nalish bo‘yicha:
iqtisodiy jihat; 2) siyosiy jihat; 3) ma’naviy-axloqiy jihat asosida ta’riflash mumkin.
Birinchi jihati. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo‘l
beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqti- sodiy faoliyatga zamin yaratuvchi shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan mustaqil mavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim. Davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kam- sitmasligi lozim. Bu talab, avvalo, iqtisodiy ishlab chiqarish, xususiy tadbirkor- lik sohasiga taalluqlidir.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, «Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasi- ni mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbir- kor, avvalo, shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir»1.
Mamlakatimiz parlamenti tomonidan 2012-yil 24-sentabrda «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qo- nun qabul qilindi2. U xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash uchun qonuniy – huquqiy maydon yaratdi.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qo‘shgan nemis faylasufi G. Gegel, bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipni ajratib ko‘rsatgan:
birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat
qiladilar;
ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy struktura bo‘lmish fuqarolar jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabat-
1 Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 48-bеt.
2 Хаlq so‘zi, 2012-yil 25-sеntabr.
larga ishlab chiqarishdagi raqobat va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo‘ladi.
Buyuk fransuz inqilobining manifesti – 1791-yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas va dahlsiz deb e’lon qilingan. Feodalizmning ashaddiy dushmani bo‘lgan yakobinchilar esa, xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’ni fuqarolik jamiyatining birdan-bir asosi deb bil- ganlar. Tarix saboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qat- lamlarga ajratgan, balki, ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashab- busni rag‘batlantirgan, hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.
O‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy muno- sabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va xususiy biznesga keng yo‘l ochilib, uning tegishli tashkiliy va huquqiy mezanizmlari vujudga keltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishi bilan bog‘laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko‘lamda xususiylashtirish (aksiyalashti- rish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, nima sababdan islohotchi – davlat O‘zbekistonda demokratik fuqa- rolik jamiyatini jadal shakllantirib borishdan manfaatdor?
Birinchidan, shu asnoda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqti-
sodiyoti sari olg‘a siljish yo‘llari va usullari xususida fuqarolar kelishuviga erishish to‘g‘risida norasmiy ijtimoiy shartnoma tuzish va uni ro‘yobga chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherik vujudga keltiriladi.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati o‘z institutlari orqali shaxsning davlat
ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan holda, davlatda vakillik de- mokratiyasining va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tizimning asosi hisoblanadi.
Uchinchidan, O‘zbekiston xalqi fuqarolik institutlari va mexanizmlari,
avvalo saylov tizimi orqali o‘zining siyosiy yuksalishi va hayotiy muhim milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmoqda.
To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, et-
nik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik guruhlarning hayotiy muhim manfaatlarining o‘zaro maqbul muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi.
Beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faol-
ligiga asoslangan. O‘z navbatida, uning o‘zi turmushning barcha sohalaridagi islohotlar jarayonida bunday faollikning o‘sib borishini izchil rag‘batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning hayotiy muhim manfaatlaridan uzilib qolishi xavfiga qarshi turadi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning besh- ta ustuvor yo‘nalishini belgilagan Harakatlar strategiyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettiriladi. Bundan maqsad:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi», degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv- larning qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtiril- gan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solish- da davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirish- dan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |