Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet280/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtayi nazardan baholaganda fuqarolik jami-
yatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jami- yatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o‘zaro munosabati shakl bilan mazmunning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud bo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va aksin- cha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi. Buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyo- siy tuzilmalar, institutlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi.


1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа / Rаsmiy nаshr / – T.: «Adolat», 2017. – 19–20-bеtlаr.

Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirish jarayonla- rini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xusu- san, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi tashkil etilib (1992-yil), u mamlakatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Prezidentning 1992-1993-yillarda qabul qilingan o‘ttizdan ortiq farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o‘nlab vazirlik va davlat qo‘mitalari boshqa mulk shaklidagi konsern, assotsiatsiya, uyushma va jamg‘armalarga aylantirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublika- si paxtachilik vazirligi zamirida O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksiyadorlik assotsiatsiyasi tashkil etildi (1992-yil 7-noyabr), Mahalliy sanoat vazirligi isloh etilib, uning o‘rnida Prezidentning 1992-yil 3-sentabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporatsiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbeksavdo» assotsiatsiyasi (1992-yil 5-maydagi farmoni) «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yan- vardagi farmoni) tashkil topdi va hokazo.


1997-yil 20-mayda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi appa- rati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Bu qarorning asosiy maqsadi Hukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usul- lariga o‘tkazishdan iborat edi. Vazirlar Mahkamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga o‘tdi. Buni ma’nosi shuki, Vazirlar Mahkamasi apparati xo‘jalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarmaydi. Buning o‘rniga u iqtisodiyotni bozor yo‘liga o‘tkazishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uyg‘unlashtirish va mu- vofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, xo‘jalik yuritish shakllarini ta- komillashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rivojlan- tirish bilan shug‘ullanadi.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalari- ni rivojlantirishdan iborat emas. Demokratiya ravnaq topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat organlari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi: «fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash –

rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir.


Biz bugun, demokratik o‘zgarishlar davrida mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy hayotida bevosita va faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolari- mizning salohiyati to‘la namoyon bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Bu bora- da ko‘ppartiyaviylik tizimi, partiyalararo bahs-munozara, fikrlar va dasturlar o‘rtasidagi raqobatni jadal rivojlantirish muhim ahamiyatga ega»1.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari alo- hida o‘rin tutadi. Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazi- fasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning organlari avvalo fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qo- nunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat organlari va mansab- dor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. O‘z fuqarolarining haq-huquqla- rini ta’minlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishi lozim.
Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat organlari bilan huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy mu- nosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashga erishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim prinsiplaridan biri ana shun- day. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik jamiyatini boshqaruvchi tizim, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchi fuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlariga bo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish