tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi va hokazo);
maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moli- ya huquqi, yer huquqi, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar);
d) amaliy yuridik fanlar (masalan, kriminalistika, kriminologiya, sud
tibbiyoti, sud statistikasi, sud buxgalteriyasi va hokazo).
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasining
boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi ana shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy-huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushunchalari va qoidalarini shakllantiradi.
Davlat va huquq nazariyasi metodologik fan sifatida boshqa sohaviy
huquqiy fanlar uchun xususiy yuridik metodlarni va rahbariy prinsiplarni ish- lab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi bilan davlat va huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Ularning har ikkisi davlat va huquq borasida bahs yuritadi. Davlat va huquq tarixi davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini to‘liq, xronologik tarzda o‘rganadi.
Tarix va nazariya bir-birisiz bo‘lmaydi, biri ikkinchisini taqozo etadi. Dav- lat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, ayrim nazariy xulosalarni chiqaradi, nazariy prinsiplar asosida ish ko‘radi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa o‘z xulosalarini tarixiy materiallar yordamida asoslaydi, bunda u tarixiylik metodidan foydalanadi. Har qanday tarixiy faktni nazariyasiz yoritish, izohlash mumkin emas. Nazariya tarixiy voqealarga yondashish usulini belgilaydi va shu bois tarixni ilmiy o‘rganish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar bilan ham xuddi shunday ikki yoqlama alo- qadadir. Demak, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, yo‘naltiruvchi, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini uyg‘unlashtiradi va ularning o‘zaro boyishiga ko‘maklashadi.
Fanning funksiyasi uning e’tibori qanday vazifani bajarishga qaratilganligidan va ta- biatidan kelib chiqadi. Davlat va huquq naza- riyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish
uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |