Qonun analogiyasi – huquqiy jihatdan tartibga solinmagan munosa- batlarga nisbatan shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normasini qo‘llashdir. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 5-mod- dasida fuqarolik qonun normalarini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash qoidalari mus- tahkamlangan. Unga ko‘ra, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqa- rolik qonunchilik hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi nor- masi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi).
Huquqni qo‘llash jarayonida qonun o‘xshashligidan foydalanishda tegishli munosabatlarni huquqiy kvalifikatsiya qilishda shunga o‘xshash munosabat- larni tartibga solib turuvchi normani, eng avvalo, ko‘rib chiqilayotgan muno- sabat qaysi huquq sohasiga taalluqli bo‘lsa, o‘shandan qidirish lozim. Mazkur sohada topilmagan taqdirda – qonunchilikning yaqin tarmoqlarini va butun qonunchilik tizimidan topish kerak bo‘ladi.
O‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normasi bo‘lmagan paytda, ya’ni qonun o‘xshashligidan foydalanishi mumkin bo‘lmaganda, huquq analogiyasi (o‘xshashligi) ishlatiladi.
Huquq analogiyasi – amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga
solinmagan munosabatlarga nisbatan huquqning umumiy asoslari, tamoyillari va mazmunini qo‘llashdir. Huquqning umumiy asoslari, tamoyillari va maz- muni deganda, umumhuquqiy va tarmoq hamda huquqiy tartibga solishning huquqiy prinsiplari nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 5-moddasi ikkinchi qismida fuqarolik huquqiy munosabatlarida qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmagan hollarda, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni
(huquq o‘xshashligi)ga hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi.
Huquqni qo‘llash jarayonida qonun analogiyasi va huquq analogiyasidan foydalanishning bitta muhim xususiyati mavjud: qonun o‘xshashligi va huquq o‘xshashligi jinoiy-huquqiy jazo va ma’muriy – huquqiy jazo qo‘llashda ishlatil- maydi. Huquqni qo‘llovchi idora uchun hayotiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi jinoiy-huquqiy yoki ma’muriy – huquqiy qoidaning yo‘qligi, huquqdagi bo‘shliqni emas, balki qonun chiqaruvchi idoraning ushbu holatlarni huquqiy tartibga solmaganligi, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatli deb hisobla- ganini bildiradi.
Qonun chiqaruvchi idora esa, huquqiy qoidaning yo‘qligini aniqlagandan so‘ng, ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish shart emas deb topishi yoki bunday qoidaning mavjud emasligini huquqdagi bo‘shliq deb hisoblab, tegishli normani qabul qilish yo‘li bilan bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin. Huquqni qo‘lovchi organ (shaxs) bunday holda faqat qabul qilingan huquqiy qoidaga asoslanishi lozim hamda huquq va qonun analogiyasini qo‘llashi mumkin emas. Shuningdek, fuqarolarning huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan norma- larni analogiya bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |