Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet379/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

dan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi, ikkinchi tomondan, siyosiy mu- nosabatlar majmuining nisbati tarzida izohlab, tadqiq etish ham dolzarbdir. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlari tegishli boshqaruv tizimi, demokratik siyosiy tuzilmalar, huquqiy norma va institutlar mavjud bo‘lishini taqozo etayotganligini anglash lozim.

Huquqshunoslikka oid izlanishlar faol olib borilayotganligiga qaramasdan, tadqiqotchilarning aksariyati hali «hokimiyat» fenomenini teran anglab yeta ol- ganlari yo‘q. Masalan, hokimiyatning bo‘linmas, yagona voqelik ekanligi bilan uning «bo‘linishi» o‘rtasidagi farqni, hokimiyat hodisasi bilan hokimiyat vako- latlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash muammolari hanuz ilmiy yechimini topgani yo‘q. Hokimiyatning yagonaligi va taqsimlanishi davlat hokimiyati tarmoqla- rining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, hokimiyat idoralarini oqilona uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish yordamida erishiladi.

Hokimiyat shunday ijtimoiy-irodaviy munosabatki, bunda hukmron iro- daning ustunligi hamda belgilovchi, yo‘naltiruvchi roli namoyon bo‘ladi. Dav- lat irodasi tufayli davlat hokimiyati namoyon bo‘ladi, va natijada, jamiyatni boshqarish amalga oshadi. Davlat boshqaruvi vertikal hokimiyat munosabat- lari bo‘lsa, fuqarolik jamiyatining mohiyatini ochish uchun undagi gorizontal munosabatlar tizimi va mantig‘ini anglab yetish lozim bo‘ladi.

Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat hokimiyati va boshqa- ruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalarining hamkorligi hamda ij- timoiy sherikligini ta’minlash ham o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari, subyektlari va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazmuni tubdan o‘zgarib borayot- ganligini ham e’tiborga olish lozim. Huquqiy tartibga solish mexanizmini


tadqiq etish va uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish xususida gap borganida, bu jarayonni erkinlashtirish, modernizatsiyalash xususiyat- larini chuqur mushohada etish muhimdir. Nafaqat huquqiy tartibga solish sohasida, balki mamlakatimizning butun huquqiy tizimida ro‘y berayotgan liberallashtirishning asosiy mazmuni – barcha huquqiy mezonlarni, taqiq va cheklovlarni adolat tamoyillari nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqish, ularni oqilona mo‘tadillashtirish, inson manfaatlarini ta’minlaydigan huquqiy standartlarni joriy etishdan iborat.

Huquqiy tizimimizda ustuvorlik mavqeyini egallab borayotgan liberal- lashtirish tendensiyasini yanada chuqurlashtira borib, qonunchiligimizda so- biq sovet tuzumidan meros qolgan «man etuvchi», «taqiqlovchi», «majbur- lovchi» mazmundagi normalar bosqichma-bosqich bartaraf etilishiga erishish lozim. Bunday huquqiy normalar o‘rniga tavsiya beruvchi, imtiyoz beruv- chi, rag‘batlantiruvchi normalarni qonunchiligimizga qat’iyat bilan kiritish maqbuldir. Ushbu yo‘nalishni imperativ (buyruq asosida) tartibga solishdan dispozitiv (erkin ixtiyoriy asosda) huquqiy tartibga solishga o‘tish tendensi- yasi deb atash mumkin.



Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlardan tashqari, huquqiy tizim va qonun- chilik tizimi rivojlanishida namoyon bo‘layotgan bevosita yuridik mazmundagi tendensiya va xususiyatlarni ham e’tirof etish mumkin:

  1. Konstitutsiya va qonunning ustunligi tamoyili mustahkamlanib, nor- mativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunning nufuzi tobora yuksalib bormoqda. Bu boradagi navbatdagi vazifa: inson huquqlari va manfaatlariga oid barcha masalalar qonunosti hujjatlarda emas, balki faqat qonun darajasida mustahkam- lanishiga erishishdan iborat;

  2. qonunchilikda ixtisoslashish tendensiyasi ancha kuchli sezilib bor-

moqda, unda kodekslashtirishga alohida e’tibor qaratilib, ko‘pgina qonunchilik sohalari bo‘yicha shox qonun – kodekslar qabul qilindi;

  1. qonunchilikning intensiv (jadal) rivojlanishi kuzatilmoqda, ayni vaqtda, uni unifikatsiyalash jarayonlari avj olmoqda;

  2. qonunchilikning moddiy tarmoqlariga hamohang tarzda uning protses- sual sohalari ham rivoj topib bormoqda. Аyni vaqtda, fuqarolar huquqlarini ta’minlashning protsessual mexanizmlarini yanada takomillashtirish lozim;

  3. qonunchilik hujjatlarida yuridik texnikaga oid normalar salmog‘i ortib bormoqda, ayni vaqtda, qonun chiqarish jarayonida ham yuridik texnika va yangi qonunchilik texnologiyalarini yanada rivojlantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Qonunchiligimiz rivojlanishidagi muhim tendensiyalaridan yana biri uning tobora xalqaro huquqiy standartlarga moslashib borayotganligidir.
Jamiyat rivojlanib borgani sayin davlat va huquq ham takomillashib boradi. Shunday ekan, tabiiy ravishda davlat, huquq, demokratiya, hokimiyat, qonun va boshqa huquqiy hodisalar (institutlar) haqidagi fundamental bilimlar ham tadrijiy tarzda o‘zgarib boradi. Hozirgi globallashuv va jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida boshqa yuridik fanlar qatori davlat va huquq nazariyasi fani doirasida ham davlat-huquqiy materiya xususida yangi bilim- larni to‘plash va izohlash jarayoni kechmoqda.

Tahlil etilayotgan mavzu doirasida davlat va huquq nazariyasining talaygina dolzarb muammolariga to‘xtalib o‘tish muhimdir. Fan nihoyatda keng qam- roqli, fundamental bo‘lganligi bois mavjud muammolarni anglash va tasavvur etish qulay bo‘lishi uchun ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:

    1. fundamental, metodologik muammolar;

    2. umumnazariy muammolar;

    3. xususiy-nazariy muammolar.

Davlat va huquq nazariyasining dolzarb muammolarini mazkur tasnifiy guruhlashtirishga mos ketma-ketlikda bayon etamiz.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish