Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet264/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

«Huquqiy tizim» tushunchasi yuridik fanga XX asrning so‘nggi choragida

kirib kelgan bo‘lib, u bugun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlar bilan bir qatorda namoyon bo‘lmoqda. Huquqiy tizim huquqqa oid tushunchalar, huquqiy insti- tutlar, huquqiy jarayonlar va boshqa barcha huquqiy voqelikni o‘zida mujas- samlashtirgan holda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. Huquqiy tizim, o‘z navbatida, davlat va jamiyatning huquqqa munosabatini aks ettiradi. Yuqori darajada rivojlangan huquqiy tizim nafaqat huquqni ijod qiluvchi, uni amalga oshiruvchi hamda muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qulayliklar yaratadi, balki butun jamiyatni huquq talablari doirasida hayot kechirishini ta’minlaydi.



Huquqiy tizimni alohida o‘rganish va unga baho berishda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

  • huquqiy tizim tushunchasi (mazmuni);

  • huquqiy tizimning tarkibi (tuzilishi);

  • huquqiy tizimning amal qilish doirasi (makonda va zamonda);

  • huquqiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari (belgilari).

Huquqiy tizim tushunchasini tahlil etishda, mamlakatimiz va xorijiy dav- latlar olimlarining fikrlariga e’tibor qaratish lozim. Ushbu tushuncha huquqshu- noslar tomonidan turlicha talqin etiladi. Ba’zi mualliflar «huquqiy tizim»ni

«huquq tizimi» iborasi bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, maz- kur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh mutaxassislar «huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organ- larning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab oladi», deb ta’kidlaydilar1. Akademik V.S. Nersesyansning fikricha, huquqiy tizimni ta’riflash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, huquqni umumiy tushunishni, shartli ravishda «huquqiy tizim» so‘zi bilan almashtirilishini bildiradi2.




1 Алексеев С.С. Общая теория права. Т.1. – М., 1981, – 87–88-betlar.

2 Проблемы общей теории права и государства / Отв. ред. В.С. Нерсесянц. – М., 2000. – 450-bet.
«Huquqiy tizim» tushunchasini talqin etish orqali huquqning ochilmagan yangi qirralarini bilib olish va shu bilan bir qatorda huquq to‘g‘risidagi tasav- vurlarni rivojlantirish mumkin. «Huquqiy tizim» bilan «huquq tizimi»ni qiyoslab ko‘raylik. To‘g‘ri, huquq tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizimning normativ o‘zagini tashkil etadi. Lekin faqat huquqiy normalarning o‘zi huquqiy tizimning hajmini to‘liq ifodalay olmaydi. Huquqiy tizim huquq normalaridan iborat bo‘lgan obyek- tiv huquqdan farq qilib, nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo‘nalish va harakatda bo‘lgan huquqiy tuzilmalarni, g‘oyalarni, prinsiplarni, jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi (funksional) hodisa sifatida qarash lozim. Huquqiy tizim keng qamrovli tushuncha bo‘lib, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, huquq normalari hamda huquqiy jarayonlarning mushtarak bir bu- tunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi va aloqadorligidir.

Taniqli olim M.N. Marchenkoning nuqtayi nazariga ko‘ra, huquqiy tizim deganda, biror-bir mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridik institutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat mamlakatning butun huquqiy tuzil- masi, jamiyatning yagona vujud sifatida huquqiy jihatdan tashkil etilganligi tushuniladi. Bu nafaqat huquqiy normalar, shu bilan birga, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy amaliyot va hokazolarni qamrab oladi1.

«Huquqiy tizim – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, mutanosib va bir-biriga ta’sir qi- luvchi huquqiy vositalardan iborat bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi huquqiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy qismlarni birlashtiradi»2. Ushbu ta’rif ham huquqiy tizim mazmunini yoritishda muayyan ahamiyat kasb etadi.

Prof. N.I. Matuzovning e’tirofiga ko‘ra, «Huquqiy tizimni ichki mu- vofiqlashgan, o‘zaro bog‘langan, ijtimoiy bir turdagi yuridik vositalarning yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularning yordamida ijtimoiy mu- nosabatlarga zarur normativ ta’sir (mustahkamlash, tartibga solish, qo‘riqlash, muhofaza qilish kabi) ko‘rsatadi»3. Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini

«huquq tizimi», «qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari bilan aynan bir xil, deb hisoblash uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda,

«huquq tizimi» va «huquqiy tizim» kategoriyalarining bir-biridan farqini ajratib olish maqsadga muvofiqdir.


48-bet.



1 Qаrаng: Марченко М.Н. Теория государства и права в вопросах и ответах. – М., 2001. – 131-bet.

2 Sаidоv А., Tоjiхоnоv U. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Ikki jildli. 2-jild. Huquq nаzаriyasi. – T., 2001.
3 Матузов Н.И. Правовая система и личность. – Саратов. 1987. – 26-bet.

Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi – tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlar o‘rtasidagi muno- sabat hamda nisbatni ko‘rsatadi. Yoki, huquq tizimi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqning ichki tuzilishi bilan bog‘langan, huquqiy norma- larni izchil tarzda joylashtirilishining ifodasidir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Uning tarkibiga: huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalari (tarmoqlari) kiradi. De- mak, huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlarini tash- kil etilishi va joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi.

Huquqiy tizim esa, mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuri- dik vositalar, huquqiy jarayonlar, institutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, jamiyatning huquqiy tuzilishi, uning butun huquqiy hayoti va huquqiy jihatdan tashkil etilishini ifodalaydi.

Huquqiy tizim nafaqat huquq normalarining o‘zi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari bi- lan bir qatorda, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqiy amaliyot, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, huquqiy tamoyil- lar, yuridik muassasalar va boshqalar kiradi. Huquqiy tizim asosan muayyan mamlakat va davlat miqyosida amal qiladi. Chunki, davlatlarda hokimiyatni amalga oshirish usuli, davlat organlarining tashkil etilishi va shu kabi davlat- ning asosiy siyosiy xususiyatlariga qarab, uning qonunchiligi va huquqiy tizimi yaratiladi.

Huquqiy tizim tushunchasini muayyan davlatlardagi huquqiy voqelik- ka nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni belgilab olish, ularni huquq oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini beradi1. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jamiyatda mavjud huquq tavsifiga tizimli yondashilganda, uning barcha tarkibiy qismlari xalqning manfaat va irodasini ifodalashida namoyon bo‘ladi. Huquqiy tizimning alohida tarkibiy qismlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘ladi va bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bun- day tartibga solish yagona maqsadga, ya’ni jamiyat barqarorligini ta’minlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – mamlakatimizdagi huquqiy voqelikni, ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida ifodalovchi nisbatan yangi huquqiy kategoriyadir. Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, mohiyat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi milliy huquqiy tizimni shakllanti-






1 Qаrаng: Вишневский А.Ф. Общая теория государства и права // А.Ф. Вишневский, Н.А. Гар- баток, В.А. Кучинский; Под общ. ред. проф. В.А. Кучинского. – М., 2004. – 280-bet.
rishga kirishildi. Albatta, huquqiy tizimni yaratish bir qancha yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Zamon ruhiga yot, yagona mafkurani o‘rnatuvchi, bo- zor munosabatlariga to‘sqinlik qiluvchi normalar bekor qilindi, ba’zilari esa, mohiyatan o‘zgartirildi va aksariyat qoidalar mutlaqo yangidan qabul qilindi. Bu normalar yaxlit tizimning tarkibiy qismlariga aylandi, yangi huquqiy tizim hosil qildi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish