Jinoyat-ijroiya huquqi – mahkumlarning huquqiy holati, jazolar va
boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat etish, jazo turlarini ijro etish tartibiga doir normalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur huquq tarmog‘ining usuli – tarbiyalash va rag‘batlantirish jarayonlarini hokimiyat va bo‘ysunish usuli bilan ko‘shib olib borishga asoslangan. Asosiy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat- ijroiya kodeksida jamlangan.
Jinoyat-protsessual huquqi – protsessual huquq tarmoqlaridan biri
bo‘lib, u jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, ularni sudda ko‘rish bo‘yicha sud, prokura- tura va surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining faoliyatini, shaklla- rini tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Jinoyat-protsessual huquqi
21–18-8
jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo‘lmish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya tomoni vakilla- rining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini belgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respub- likasining Jinoyat-protsessual kodeksidir. Bu huquq tarmog‘i ijtimoiy munosa- batlarni tartibga solishda ham imperativ, ham taraflar tengligiga asoslangan usullardan foydalanadi.
Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliyaviy
sohalarda vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish yuzasidan sud faoliyatini tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqi sud jarayoni ishtirokchilarining huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari hamda ushbu huquq tarmog‘i normalari bilan belgilangan boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi ushbu huquq tarmog‘ining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin turadigan huquq tarmog‘i – xo‘jalik protsessual huquqi bo‘lib, u iqtisodiy sudlar tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jalik sub- yektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o‘rtasida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini ko‘rib, hal etadi. Uning asosiy manbayi – Xo‘jalik protses- sual kodeksidir.
Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston huquq tizimida xo‘jalik huquqi, ekologiya huquqi, budjet huquqi, soliq huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqi kabilar ham shakllanmoqda. Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shu- lardan iborat.
Xalqaro huquq – xalqaro, eng avvalo, davlatlararo munosabatlarni tar-
tibga soladi. Shu sababli u bironta ham davlatning milliy huquq tizimiga kir- maydi. Xalqaro huquqda uning subyektlarining jamoaviy irodasi mustahkam- langan va mujassamlashgan. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlari ushbu huquqning normativ asosini tashkil etadi. Bu hujjatlarda xalqaro muno- sabatlarni tartibga soluvchi norma va prinsiplarning yaxlit, mukammal tizimi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular xalqaro huquq subyektlari hisoblanmish davlat- larning, xalqaro tashkilotlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqaro huquqqa bo‘linadi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari o‘rtasidagi mulkiy va boshqa nomulkiy munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yuris- diksiyasini, yashab turgan davlat qonunchiligini qo‘llash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |