Fuqarolik huquqi mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiy nomul-
kiy munosabatlarni (masalan, ismga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish kabilar) tartibga soladi. Mulkiy munosabatlar, meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquq normalari o‘z ta’siri bilan korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning barcha fuqarolik oboroti (aylanmasi), xo‘jalik faoli- yatini, jumladan, mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish, mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkni ijaraga saqlab turishga berish, garovga berish, mahsulot yetkazib berish kabi munosa- batlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik huquqi normalari har qanday mulkiy munosabat- larni ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflar huquqiy jihatdan teng bo‘lgan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor va qarzdor, buyurtmachi va pudratchi kabilar shartnoma munosabatlarining teng ishtirokchilari sanaladilar. Bu huquq tarmog‘iga hokimiyat va bo‘ysunish tarzi- dagi ma’muriy va moliyaviy huquqlar uchun xos bo‘lgan munosabatlar yotdir.
Fuqarorlik huquqi huquq tizimi tarmoqlari ichida eng yirigi bo‘lib, u hajm jihatidan salmoqli huquq tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabat- larining rivojlanishi, turli mulk shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan uning obyekti yana ham kengaymoqda. Shu bois mazkur huquq tarmog‘i me- ros huquqi, mualliflik huquqi, turar joy huquqi, patent huquqi va boshqa shu kabi bir qator huquq tarmoqchalarini o‘z ichiga oladi. Fuqarolik huquqining bosh normativ hujjati, asosiy manbayi – O‘zbekiston Respublikasining Fuqa- rolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichiga kiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Uy-joy kodeksi.
Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarini tartibga solish usuli avtonom va dispozitiv xususiyatga ega. Ya’ni, qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomada huquqiy munosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va ularga asoslanib ish yuritish huquqining mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |