Moliya huquqi davlatning moliya va budjet faoliyatini amalga oshirish
sohasida, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatida vujudga keladi- gan munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu tarmoqning predmeti bo‘lib moli- yaviy munosabatlar, davlat budjetini shakllantirish va ijrosini ta’minlash, pul muomalasi, bank operatsiyalari, kreditlar, soliqlarga oid munosabatlar hisob- lanadi. Moliyaviy faoliyat, ko‘pincha, ijro etish, farmoyish berish xususiyatiga ega va shu bois u ma’muriy huquq bilan ancha yaqin aloqada bo‘ladi. Bu faoli- yat shuningdek davlat – hokimiyat xususiyatiga ham ega. Shuning uchun u konstitutsiyaviy huquq bilan uzviy bog‘liq. Bu tarmoqning tartibga solish usuli – tekshirish, nazorat, bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar berish yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |