Moddiy olam ne’matlari. Ularga buyum, ashyolar kiradi. Yuridik ma’noda buyumlar – tabiat ne’matlari va mehnat faoliyati jarayonida yaratil- gan narsalar bo‘lib, ular yuzasidan huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Buyum (ashyo) lar toifasiga: ishlab chiqarish qurol-vositalari, iste’mol mollari, pul, qim- matli qog‘ozlar, moddiy mahsulotlar va boshqalar kiradi. Masalan, moddiy olam ne’matlari obyekti bo‘luvchi huquqiy munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |