partiyalarning saylovlarda oshkora kurashi natijasida hukumatning shakllanishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga asoslanganligi.
Avtoritar tipdagi siyosiy tizimlar esa yakka shaxs yoki muayyan guruh qo‘lida kuchli hokimiyatning to‘planganligi bilan ajralib turadi. Bunday tizim- larning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar demokratik huquq va erkinliklarining tugatilganligi yoki cheklanganligi;
muxolif partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning mutlaqo yoki qisman taqiqlanganligi;
davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi darajali organga aylanib qolishi;
hukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi;
muxolif matbuotning taqiqlanishi;
hokimiyat vakolatlari taqsimlanish tamoyilining buzilishi yoki umu- man amalga oshmaganligi.
Totalitar turdagi siyosiy tizimlar davlatning jamiyat hayoti barcha so-
halarida to‘la (total) nazorat o‘rnatganligi bilan ajralib turadi yoki tavsiflanadi. Toalitar siyosiy rejimlarning asosiy belgilari quyidagilar:
fuqarolar huquq va erkinliklarining butkul kamsitilishi;
hokimiyatning barcha darajalarda nomenklaturaning yopiq kanallari orqali shakllantirilishi;
hokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi;
yagona hukmron partiyaning mavjudligi;
yagona rasmiy mafkuraviy doktrinaning jamiyat barcha a’zolariga singdirilishi.
Totalitarizm ijtimoiy turg‘unlikka, fuqarolarning passivligiga, davlat va partiya apparatining izdan chiqishiga, ma’naviy tubanlashuvga olib borishini sobiq SSSRning tarixi yaqqol ko‘rsatdi.
O‘tish holatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizmdan de- mokratiyaga yoki aksincha) o‘tish davri siyosiy tizimlari shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi, oxlokratiya, ya’ni, olomon ho- kimiyati xavfining namoyon bo‘lishi, siyosiy his-tuyg‘ularning jilovlanmagan- ligi, ijtimoiy guruhlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotganliklari va boshqa holatlar bilan izohlanadi.
Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlarni ulardagi markazlashuv dara- jasi, hurfikrlilik (plyuralizm) va siyosiy hayotning demokratlashganligi daraja- siga ko‘ra ta’riflab, quyidagi turlarga ajratadilar:
Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qara- ma-qarshi qo‘yadi).
Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning davlat hokimiyati ustidan jamoat nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).
Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati va ratsional hokimiyatni amalga oshirish mavjud bo‘ladi).
An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, hokimiyatning monarxiya shakli va hokazo).
O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, hokimiyatning xarizmatik usulga asoslanganligi, siyosiy institutlarning sust rivojlanganligi yotadi).
Shu o‘rinda siyosiy tizimlar evolyutsiyasi va revolyutsiyasi to‘g‘risidagi ayrim nuqtayi nazarlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatdagi ijtimoiy sinfiy kuchlar joylashuvidagi o‘zgarishlar oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Shu tufayli siyosiy jarayon – ijtimoiy subyekt- larning siyosiy tizimni shakllantirish, o‘zgartirish, qayta tuzish va ro‘yobga chiqarish borasidagi barcha harakatlarining yig‘indisi, degan xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |