Odilqoriyev X. T


VII bob. JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI VA DAVLAT



Download 1,25 Mb.
bet117/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

VII bob. JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI VA DAVLAT






1-§.
Siyosiy tizim tushunchasi va turlari

Erkinlik, shu jumladan, siyosiy erkin- lik har qanday jamiyat intiladigan ezgu tilak, oliy qadriyatdir. Ijtimoiy hayotning erkinligi jamiyat siyosiy tizimida demokratik institut-



larning nechog‘lik qaror topganligi va samarali amal qilishi bilan belgilanadi. Siyosiy tizim jamiyat manfaatlariga, xalq irodasiga qanchalik sama-

rali xizmat qilsa, uning tabiati va mazmuni shunchalik demokratik bo‘ladi. Boshqacha aytganda, siyosiy tizimni muttasil demokratlashtirib borish xalq hokimiyatchiligini real amalga oshirishning strategik yo‘lidir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jamiyatni isloh etish va demokratlashtirishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifasi ekanligiga alohida urg‘u bergan edi1.

Siyosiy demokratiyani ravnaq toptirish yoki siyosiy tizimni demokrat- lashtirish jamiyatimiz taraqqiyoti hozirgi bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Siyosiy hayotni izchil va muntazam erkinlashtirib borish masalasi mamlakat Prezidentining doimiy diqqat markazida turadi. O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘z saylovoldi Dasturida quyidagi muhim fikrni ta’kidlagan edi: «Siyosiy tizimni rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarimiz rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini amalga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini kengay- tirishdan iborat»2.

Siyosiy tizimni modernizatsiyalash, avvalo, mamlakat siyosiy hayotining barcha jihatlarini erkinlashtirishdan iborat. Erkinlashtirish siyosiy islohotlarning asl negizi sifatida butun siyosiy tizimni qamrab olmoqda. Mamlakatda ro‘y berayotgan siyosiy demokratik jarayonlarni anglab yetish uchun jamiyatimiz siyosiy tizimini ko‘zdan kechirish yetarli bo‘ladi. Shu maqsadda respublikamiz siyosiy tizimi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini alohida yoritish joiz. Siyosiy tizim insonlar faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosa-




1 Qarang: Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: 2010. –15-bet.

2 Хalq so‘zi, 2016-yil 3-noyabr.

batlar va aloqalar sohasi bilan bog‘liq. U muayyan siyosiy irodaning mahsuli sifatida vujudga keladi va bu irodaning amalga oshirilishiga safarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy-tuzilmaviy) rasmiylashgan shakli tar- zida namoyon bo‘ladi. Siyosiy tizim kishilar o‘rtasidagi siyosiy munosabat- larning barqaror shakli bo‘lib, uning yordamida jamiyat a’zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta’siri amalga oshiriladi yoxud qat’iy irodaviy qaror qabul qilinadi1.

Tizimlilik jamiyatning tabiiy holati va mavjudligining zarur shartidir. Jamiyatning tarkibiy qismi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va siyosiy tizim kabi ijtimoiy hodisalardan iboratdir. Siyosiy tizim ijtimoiy tizimning bir turi sifatida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.

Yuridik fanda uchraydigan, ijtimoiy tizimning turlari hisoblanadigan

«huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «siyosiy tizim» kabi o‘xshash tushuncha- larni bir-biridan farqlash lozim.

«Huquq tizimi» – huquqning tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro aloqador-

ligi, rivojlanish jarayonini tashkil etish usullari to‘g‘risidagi masaladir. Huquq tizimining tarkibiy elementlari huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda bo‘lgan yig‘indisidir. «Huquqiy tizim» esa, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va jarayonlarning bir butun mush- tarakligi, o‘zaro chambarchas bog‘liqligi hamda aloqadorligi bo‘lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi.



«Siyosiy tizim»ning mohiyatini anglab yetish uchun avvalo, «siyosat» va

«sistema» (tizim) kabi iboralarning lug‘aviy hamda ilmiy ma’nosini aniqlash lozim.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish