«Siyosat» yunoncha «politikos» so‘zidan olingan bo‘lib, «davlatni
boshqarish san’ati», «davlat ishlari» degan ma’noni bildiradi. Qadim yunon fay- lasufi Demokritning fikricha, «siyosat – bu davlatni idora etish, boshqarish mahoratidir». Bu fikrni davom ettirib Platon (Aflotun) siyosatni hukmdorning san’ati sifatida, ya’ni shoxning odamlarni (jamiyatni) boshqarish sohasidagi bilimi va qobiliyati sifatida ta’riflaydi. Siyosiy san’atning mohiyati davlatning umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish, siyosiy «matoni» to‘qish mahoratida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda siyosat – davlat ishlarida ishtirok etish, davlatni yo‘naltirib turish, uning shakli, vazifalari, faoliyati va mazmunining belgilanishi (ifo- dalanishi) deb talqin qilinadi. Siyosat – turli ijtimoiy guruhlarning davlat ho-
1 Qarang: Karimov I.А. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. – T., 1999. – 380-bet.
kimiyatiga nisbatan bo‘ladigan munosabatining ifodasidir. Ingliz siyosatshunos olimlari G. Ponton va P. Djill siyosatni uch jihatning mushtarak birligi:
kishilarning ijtimoiy masalalarni tushunish va hal etish usullari;
bu faoliyat asosida yotuvchi pritsiplar;
ayrim shaxs yoki guruhning vaziyat ustidan nazoratni qo‘lga kiritish va uni saqlab qolish vositasi tarzida izohlaydilar.
G‘arb siyosatshunosligida keng tarqalgan nuqtayi nazarga ko‘ra, siyosat – jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini murosaga keltirish, uyg‘unlashtirish asosida oqilona qaror qabul qila olish qobiliyatidir.
Siyosat xususida umumiy tushunchaga ega bo‘lgach, endi tizim (siste- ma) nimaligi haqida mulohaza yuritishga o‘tamiz. Sistema mazmunan bir toifadagi hodisalar, institutlar va elementlarning yagonaligi, bir butunligidir. Sistemaning muhim jihati – unda strukturaviy xususiyatning borligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi1. Sistemaning mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjud ekanligini chuqur tushunish va ular o‘rtasidagi munosabatlarning chambarchas bog‘liqligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir.
«Siyosiy tizim» ijtimoiy tizimning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, jami- yatda hokimiyat va boshqaruvni shakllantirish hamda ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq munosabatlar, harakatlar yig‘indisidir.
Siyosiy tizimning asosiy tarkibiy bo‘g‘inini, o‘zagini davlat tashkil etadi.
Davlat siyosatni shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi va jamiyatni boshqaruv- chi muhim zarur tashkiliy tuzilmadir. Davlat siyosiy tizimga kiruvchi barcha elementlarni bahamjihat etuvchi, ularning harakatiga (faoliyatiga) siyosiy maz- mun bag‘ishlovchi, sistema hosil qiluvchi bo‘g‘indir. Siyosiy tizimning vazifa va funksiyalarini ado etishda davlat nihoyatda muhim o‘rin tutadi.
Siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash uchun siyosiy hayot ishtirokchi- lari manfaatlarini, ular o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hisobga olish zarur. Buning uchun esa, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlar, gu- ruhlar, kuchlar, shuningdek tashkilotlar va harakatlarning manfaatlarini muvofiqlashtirish lozim. Bu vazifani O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida siyosiy tizimning asosiy elementi hamda bosh islohotchi bo‘lgan – davlat bajarmoqda.
Siyosiy tizimni jamiyatdagi boshqa ijtimoiy tizimlardan farqi quyidagi- larda ifodalanadi:
1 Qarang: Блауберг И.В., Юдин Б.Г. Понятие целостности и его роль в научном познании. – М., 1972. – 16-bet; Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 21–31-betlar.
birinchidan, siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlar butun jamiyat uchun majburiydir;
ikkinchidan, siyosiy tizim ijtimoiy muhit va avvalo jamiyatning ijti- moiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liqdir;
uchinchidan, siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlariga nisbatan mustaqildir.
Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini belgilovchi, uning im- koniyatlarini amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir. Siyosiy tizimni siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan davlat tashkilotlari va siyosiy munosabatlar yig‘indisi deb tushunish maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy tizimni mohiyati quyidagi vazifalarda o‘z ifodasini topadi:
siyosiy tizim o‘zida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, etnik va milliy tuzil- malarini, demografik jarayonlar, aholining ma’lumot darajasi, ijtimoiy onggi holati, ma’naviy-ruhiy va ma’rifiy-mafkuraviy hayotni, xalqaro ahvolni aks ettiradi;
siyosiy tizim orqali mafaatlarning asosiy guruhlari aniqlanadi. Zero, hozirgi sharoitda jamiyatimiz siyosiy tizimi oldida avvalo, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishda turli manfaatlar muvozanatiga erishish vazifasi turibdi.
Jamiyatning siyosiy tizimi to‘g‘risidagi ta’limotlar yurisprudensiyada XX asrning 60–70-yillarida namoyon bo‘la boshladi. Siyosiy tizim masalasi faqat huquqshunoslik fanining predmeti bo‘lib qolmay, balki uni siyosatshunos- lik, sotsiologiya, falsafa kabi fanlar ham o‘rganadi.
«Siyosiy tizim» tushunchasi bahs va munozaraga boy bo‘lib, huquqshunos olimlar tomonidan turli xil tarzda ta’riflanadi. Siyosiy tizim – xalq irodasiga muvofiq, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tash- kilotlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat uyushmalar), siyosiy normalar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va mushtarak yig‘indisidir1. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra, «siyosiy tizim» – shaxslarning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish jarayonidagi tashkiliy mus- taqilligi va siyosiy faolligini rivojlantiradigan davlat, jamoat tashkilotlari va boshqa uyushmalarning yig‘indisidir2.
Mazkur ta’riflar yordamida jamiyat va davlatning aloqalarini aniqlash, davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni va mavqeini ko‘rsatib beradigan iqti- sodiy, ijtimoiy-siyosiy omillarni belgilab olish mumkin. Siyosiy tizim insonlar faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosabatlar va aloqalar sohasi
1 Qarang: Оdilqoriyev Х.T. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002. – 82-bet.
2 Qarang: Saidov А.Х., Tadjiхanov U.T. Davlat va huquq nazariyasi. T.2. – T., 2001. – 125-bet.
bilan bog‘liq. U muayyan siyosiy irodaning mahsuli sifatida vujudga keladi va bu irodaning amalga oshirilishiga safarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy-tuzilmaviy) rasmiylashgan shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Siyosiy tizim kishilar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning barqaror shakli bo‘lib, uning yordamida jamiyat a’zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta’siri amalga oshiriladi yoxud qat’iy irodaviy qaror qabul qilinadi.
Siyosiy hokimiyat siyosiy tizimning o‘zagini tashkil etadi, uning faoli- yatiga «ruh» bag‘ishlovchi, ta’bir joiz bo‘lsa, butun siyosiy vujudni «qon» bi- lan ta’minlovchi sub’stansiya (asos) sanaladi. Siyosiy hokimiyat tuzilmalari va institutlarini demokratlashtirish, avvalo, «hokimiyat» fenomenini teran anglab yetishni, u haqida jamiyat ijtimoiy ongida mufassal obyektiv tasavvur (bilim) hosil qilishni taqozo etadi.
Huquqshunoslik va siyosatshunoslik fanlarida siyosiy tizimlarni turlarga ajratish g‘oyasi turli mamlakatlar siyosiy tizimlarini qiyosiy tahlil qilish zaru- rati tufayli paydo bo‘ldi. Hozir dunyoda 280 dan ortiq mamlakatlar bo‘lib, ularning siyosiy tizimlari ham turli-tumandir.
Turli jamiyatlardagi siyosiy hayot shakllarining rivojiga ko‘ra siyosiy tizimlar tipologiyasi o‘rganilganda, ularning quyidagi turlari ko‘zga tashlanadi:
demokratik siyosiy tizimlar;
avtoritar siyosiy tizimlar;
totalitar siyosiy tizimlar.
Yuqoridagi siyosiy tizimlar tipologiyasini tahlil etishda «siyosiy rejim» tushunchasi keng qo‘llaniladi. Bu tushuncha orqali hokimiyatga egalik qilish- ning u yoki bu shakli, davlat va siyosiy tizimning amal qilishi anglanadi.
Siyosiy rejim indikatorlari sifatida quyidagilar tushuniladi:
shaxsning jamiyatdagi mavqei, huquq va erkinliklari darajasi, turli manfaatlarning imkoniyatlari, ularning ifoda etilishi va ro‘yobga chiqarilishi;
fuqarolarning siyosatga jalb etilish darajasi va xususiyati, uning nati- jalari;
o‘zini o‘zi boshqarish va davlat boshqaruvining nisbati, siyosiy hokimi- yatni amalga oshirish usullari;
Yuqorida qayd etilgan indikatorlar holatiga, darajasiga ko‘ra totalitar, av- toritar va demokratik siyosiy rejimlar o‘zaro farqlanadi. Shunga binoan, jami- yatlarning siyosiy tizimlari ham totalitar, avtoritar yoki demokratik belgilariga ko‘ra tavsiflanadi.
Demokratik siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari:
hukmron va muxolif siyosiy partiyalarning mavjudligi;
partiyalarning oshkora kurashi sharoitida shakllanadigan umumdavlat vakillik organi – parlamentning mavjudligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |