Diniy (teologik) nazariya. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqi-
dagi ushbu nazariyaning asoschilaridan biri o‘rta asr sxolastikasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy edi. Keyinchalik bu neotomistik nazariyani
J. Mariten, F. Lebyuff, D. Eyve, Kost-Flore va boshqalar davom ettirdilar.
Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn Rushd (1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar ham teologik nazariya tarafdorlari bo‘lganlar.
Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning, shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar dav- lat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirili- shi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, bur- juaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim deb targ‘ib qilinadi.
Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati azaldan odamlar orasida yashagan xudolarga, keyinchalik fir’avnlarga tegishli hisoblangan. Masalan, Ma-at ma’budasi qonunlar, odil sudlov, adolat timsoli deb qaralgan.
Qadimgi Bobilda mashhur bo‘lgan Xammurapi qonunlarida xudolar
«qoraboshlilar» ustidan hukmdorlik qilish uchun Xammurapini tanlaganligini uqtiriladi. Ushbu manbada quyidagi satrlar bor: Anunnaklar1 podshosi baland Anum2 hamda osmon va yer hukmdori, mamlakat taqdirini belgilovchi Ellil Eaning birinchi o‘g‘li Marduqqa barcha insonlar ustidan hukmronlikni belgi- laganida, uni igiglar orasida buyuk qildilar. Bobilni uning buyuk nomi bilan atadilar, dunyo qismlari orasida uni qudratli qildilar va unda boqiy podsholikni tasdiqladilar, uning asosini yer va osmon kabi mustahkam qildilar. Shunda meni – g‘amxo‘r hukmdorni, xudodan qo‘rquvchi Xammurapini mamlakatda adolat nur sochishi uchun, jinoyatchilik va yovuzlikni yo‘qotish uchun, kuchli zaifni ezmasligi uchun, Shamash singari qora boshlilar ustidan ko‘tarilish va
1 Аnunnaklar – barcha хudolarni anglatuvchi so‘z, ayrim hollarda yer va yer osti хudolarini anglatadi.
2 Аnum – osmon хudosi, хudolar «otasi» va boshlig‘i, shumer-akkad panteonining maqom jihatidan oliy хudosi.
mamlakatni yoritish uchun, aholiga farovonlik ulashish uchun – Anum va Ellil meni chaqirdilar1.
Qadimgi Xitoyda imperator osmonning o‘g‘li deb qabul qilingan.
Xristianlik dinida ham hokimiyatning ilohiy xususiyatga egaligi ta’kidlanadi. Masalan, avliyo Pavelning rimliklarga murojaatida «Har bir ruh Oliy hokimiyatga itoat etadi, zero Xudodan boshqa hokimiyat yo‘q, (Yer yuzi- dagi) mavjud hokimiyatlar Xudo tomonidan o‘rnatilgandir», deyiladi.
O‘rta asrlar diniy mafkurasi vakili F. Akvinskiy o‘zining «Hukmdor- larning hukmdorligi to‘g‘risida»gi va boshqa asarlarida davlat, siyosat, qo- nunlar xususida fikr-mulohazalar bildirgan. U davlat hokimiyatining uch unsuri: 1) mohiyati, 2) paydo bo‘lish shakli, 3) amalga oshirilishini farqlaydi va ularni sharhlab beradi. Masalan, davlatning mohiyati Alloh nomidan boshqaruvchilar va ularga itoat etuvchilar o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Yuqori tabaqadagilarning erklari quyi tabaqadagilarni boshqaradi. Bu qoida abadiy, qat’iy, Alloh tomonidan o‘rnatilgandir. Uning shakli turlicha, ba’zan yomon bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyatining amalga oshirilishida ham mansabni suiiste’mol qilishlar uchrashi mumkin. Bunday hollarda, odamlar xristian dini ta’limotlariga, uning Cherkoviga ergashishlari kerak, kabi mu- lohazalarni ilgari surgan.
Bizning mamlakatimizda diniy ta’limotlardan islom, islomga qadar zar- dushtiylik (Avesto) ko‘p asrlar davomida odamlarning ijtimoiy-siyosiy dun- yoqarashlarini shakllantirgan dinlardir. Qadimgi Turon va Eron zaminida (arablar ularning har ikkalasini Ajam davlati deb hisoblaganlar, ya’ni arabdan tashqari degan ma’noda) eng qadimgi yirik din zardushtiylik dini bo‘ldi. Uning ta’limotlari «Avesto» kitobida bayon etilgan. Uning asoschisi Zardusht taxmi- nan miloddan avvalgi 630–553-yillarda yashagan. U turkiy tilda gapiruvchi xalqlar vakili bo‘lgan, masalan, Beruniy uni ozarbayjonlik deb hisoblagan. Zardushtiylik qonunlarida haqiqat, adolatlilik uch axloqiy-huquqiy tayanchga asoslanadi: ezgu fikr (g‘oya), ezgu kalom (so‘z), ezgu amal (ish). «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Axura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna», 14). «In- son qalbi chirog‘ini yoqishda ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana («Ezgu fikr») va Ako Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi. Barcha fikr, g‘oya, va so‘zlar zaminida ezgulik va yovuzlik yotadi» («Yasna», 30). Ezgulikka asoslangan so‘z, g‘oya, harakat – tinchlik, g‘amxo‘rlik kabilardir. Va aksincha, hasadgo‘ylik, yomonlik, urush va janjallar yovuzlikdan darak beradi. «Avesto»da tinchlik,
1 Qadimgi huquqiy yodgorliklar. Хammurapi qonunlari. Tarjima asar. Mas’ul muharrir prof.
Х.T. Оdilqoriyev. – T.: «Adolat», 2016. – 21-bet.
do‘stlik, yaxshilik, adolat g‘oyalari bilan birga jinoyat va jazo, tabiatni muhofa- za qilishga tegishli ko‘pdan-ko‘p, bugun ham ibratli qoida(norma)lar mavjuddir. Islom ta’limotiga kelganda shuni aytish kerakki, bu din yosh din bo‘lganligi sababli uning qonun va qoidalari (Qur’on, Hadis) falsafiy, huquqiy fikrlar ilohiy ta’limotlar asosida inson hayotining turli sohalari va qirralarini tartibga soladi. Insonning paydo bo‘lishi va uning yashash, turmush qoidalari; inson va Alloh, inson va payg‘ambar, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar; inson bilan inson o‘rtasidagi munosabat ibratli tarzda izohlanadi. Jamiyat hayotida davlat tartibining o‘rnatilishi, ayniqsa qonunchilikka rioya qilish to‘g‘risidagi juda ko‘p
fikr va mulohazalar bitilgan1.
Bu ta’limotda Oliy hokimiyat egasi Alloh ekanligi ham sunniy va ham shialik mazhabida yakdillik bilan tan olingan. Insonlar orasida hokimiyat kimga topshirilishi to‘g‘risida mazhablar turlicha yondashadilar. Sunniylik mazhabiga ko‘ra, islom davlatida hokimiyat jamoaga berilgan. Yerda Alloh nomidan oliy hokimiyat jamoa tomonidan amalga oshiriladi va u Allohning Oliy va tanho hukmronligi ifodasi sifatida ro‘yobga chiqadi. Jamoaning suveren huquqlari hukmdorni saylab qo‘yishida namoyon bo‘ladi va hukmdor jamoa nomidan ho- kimiyatni amalga oshiradi. Shialik mazhabi ta’limotida esa, suverenitet faqat Allohga tegishli ekanligi va uning nomidan imom yakkaboshchilik asosida davlat hokimiyatini amalga oshirishi hamda jamoa irodasi bilan hech qanday bog‘liq emasligi ta’kidlanadi. Imom mutloq, ilohiy hokimiyatga ega bo‘lib, u jamoadan ustun turadi. Uning shaxsi muqaddas hisoblanadi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |