Fuqarolik jamiyati
§.tushunchasi va mohiyati
Fuqarolik jamiyati insoniyat tarixiy taraqqiyotining alohida yetuklik davri sifa- tida uning ma’rifiy shakllanish, komillikka erishish va ravnaq topish bosqichlarini o‘z
qamroviga oladi. Bunday ideal jamiyat haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishidan uning hayotiy voqelikka aylanishigacha bo‘lgan amaliyotni ilmiy jihatdan tahlil etish hozirgi kunning dolzarb mavzusidir. Bashariyat o‘z tamaddunida ulkan taraqqiyot darajasiga erishganligiga qaramay, bugunga qadar fuqarolik jami- yati g‘oyasining tub ma’nosi, mohiyati bo‘yicha yagona nuqtayi nazar shakl- lanmadi, uning yagona ilmiy ta’rifini yaratishga erishilmadi. Xo‘sh, «fuqaro- lik jamiyati» kategoriyasining ma’no-mazmuni, ilmiy talqini, mohiyatiga oid xususiyat-belgilari qanday? Bu borada adabiyotlarda, jumladan, huquqshunos- lik sohasidagi adabiyotlarda qanday fikr-mulohazalar mavjud, degan savollar o‘zining ilmiy yechimini kutmoqda.
Fuqarolik jamiyati qadimdan alloma – mutafakkirlar nazdida jamiyat va davlat siyosiy tuzumining adolat, erkinlik, tafakkur zamiriga qurilgan ideal na- munasi tarzida ifodalanib kelgan. Masalan, Aristotel jamiyatni davlatdan alohi- da tasavvur etmagan; davlatni fuqarolarning umumiy jamoasi deb ta’riflagan.
«Davlat fuqarolar yig‘indisining o‘z ehtiyojlarini yetarli darajada qondirish qo- biliyatiga ega bo‘lib yashashidir». Mark Tulliy Sitseron jamiyatda fuqarolarning huquqiy jihatdan tengligini isbotlashga uringan: «… qonun fuqarolik jamiyatini bog‘lovchi bo‘g‘ini, huquq esa, qonun bilan o‘rnatilib, barcha uchun bir xil bo‘ladi». Taraqqiyotning bu bosqichida fuqarolik jamiyati davlat bilan aynan bir deb e’tirof etilgan.
«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi tarixan insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida yashagan mutafakkirlarning adolatli ijtimoiy tuzum modelini yaratish yo‘lidagi intilishlari bilan tavsiflanadigan alohida bir davrni aks ettiradi.
Hozirgi sharoitda fuqarolik jamiyatini barpo etish dunyodagi aksariyat davlatlarning siyosiy dasturlarida, konstitutsiyalarida mustahkamlangan maqsa- diga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqilikka erishgach, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini strategik maqsad qilib belgiladi. Zotan, mamlakatimizda
shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘lmog‘i lozim.
Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mam- lakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»1. U yana quyidagilarga e’tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi»2.
Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, u qanday jamiyat?
Eng umumiy tarzda lo‘nda ta’rif beriladigan bo‘lsa, fuqarolik jamiyati –
ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosa- batlar majmuidir. Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqa- rolik jamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu ta’riflardan ba’zilarini talqin etaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |