Oila huquqi huquq tarmog‘i sifatida mazmunan fuqarolik huquqiga
yaqin turadi. Ushbu huquq tarmog‘i oila-nikoh munosabatlari sohasidagi mul- kiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari nikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, shuningdek farzandlikka olish, vasiylik va xomiylikka oid munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oila huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga solish usuli taraflarning tengligiga asoslanadi va dispozitiv xususiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |