Yer huquqi yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soladi. Uning
normalari yerdan unumli foydalanish va yer tuzilishi, yer fondini saqlash va taqsimlash, turli yer shakllarini ularning ma’muriy-xo‘jalik ahamiyatiga qarab, huquqiy holatini aniqlashga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Yer huquqi o‘z ichiga o‘rmon, suv va tog‘ huquqi tarmoqchalarini ham qamrab oladi. Bu huquq tarmog‘ining asosiy normativ akti bo‘lib, O‘zbekiston Respub- likasining Yer kodeksi hisoblanadi. Yer huquqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vakolat berish, ruxsat berish va man etish usullaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |