Huquqiy tartibga solish usuli – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy mu-
nosabatlarga huquq vositasida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar majmui. Huquqiy tartibga solish usuli uzoq tarixiy jarayonda shakllangan hodisa bo‘lib, davlat undan huquqiy normalarni yaratishda va ijtimoiy munosabat ishtirokchi- lari o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni tartibga keltirishda foydalanadi. Agar huquqiy tartibga solish predmeti huquq nimani tartibga soladi, degan savolga javob bersa, huquqiy tartibga solish usuli esa, huquq shu ijtimoiy munosabatlarni qanday, qaysi yo‘l va usul bilan tartibga soladi, degan savolga javob beradi.
Huquqiy tartibga solish usuli huquqni tarmoqlarga ajratishning ikkilam- chi (qo‘shimcha) asosi bo‘lsa-da, uning huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirishdagi roli beqiyosdir.
Ta’kidlash joizki, darslik va ilmiy adabiyotlarda huquqiy tartibga solish usullarining turlari va ularning tasniflari to‘g‘risida yakdillik yo‘q. Biroq, turli- cha tasniflarning mavjudligiga qaramay, ularning barchasini mazmunan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
avtonomiya usuli (dispozitiv);
avtoritar usul (imperativ).
Avtonomiya usuli asosan fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo huquqi, ya’ni xususiy huquq ta’siri daxldor bo‘lgan sohalarda qo‘llaniladi.
Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ya’ni ommaviy huquq ta’siri daxldor sohalarda qo‘llaniladi.
3-§.
O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlarining qisqacha tavfsifi
Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tar- moqlari – ijtimoiy munosabatlarning yirik, yaxlit bir sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining taribiy qismidir. O‘zbekistonda hozirgi payt- da mavjud eng asosiy huquq tarmoqlari va
ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti hamda tartibga solish usuli xususiyat- lariga, har bir tarmoqning huquq tizimida egallagan o‘rni va ularning o‘zaro farqlariga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat huquq tizimida yetakchi o‘rinni konstitutsiyaviy (davlat)
huquq sohasi egallaydi. Bu huquq tarmog‘i davlatga oid eng muhim, asosiy munosabatlarni tartibga soladi va shu bois uning normalarida boshqa huquq sohalari uchun negiz – poydevor bo‘ladigan qoidalar mustahkamlangan. Uning asosiy normalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi konsti- tutsiyaviy qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan. Konstitutsiyaviy huquq normalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat hokimiyatining oliy va mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati asoslarini va davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarni mustahkamlaydi. Davlat tuzumiga oid munosabatlar bevosita konstitutsiyaviy huquqning obyekti hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘i usulining mazmuni – ta’sis etish, mustahkamlashdan iborat- dir. Ta’kidlash joizki, mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza va dispozitsi- yadan iborat tuzilmaga ega bo‘lib, ularda aniq sanksiya mustahkamlanmagan. Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalari to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi, qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |