Qo‘riqlovchi normalar huquq normalari tizimida o‘ziga xos ahamiyatga
ega bo‘lib, asosan jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajarishga qaratiladi va ular jamiyatda o‘rnatilgan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 97–103-moddalarida ifodalangan huquqiy normalar inson- larning hayotidan mahrum etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni jazo qo‘llash tahdidi ostida jinoyat deb topadi, taqiqlaydi va tegishli javobgarlik choralarini ko‘zda tutadi. Shu asosda Konstitutsiyamizning 13-moddasida oliy qadriyat sifatida tan olingan inson hayoti va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi, muhofaza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |