Rag‘batlantiruvchi normalar – huquqiy munosabatlar subyektlari
davlat va jamiyat manfaatiga foyda keltiradigan xatti-harakat variantlari uchun rag‘bat, imtiyoz belgilovchi normalar. Bunda o‘zining yuridik va ijtimoiy bur- chiga vijdonan, sidqidildan yondashgan va yaxshi natijalarga erishgan shaxs- lar uchun rag‘batlantirish choralari belgilanadi. Rag‘batlantiruvchi normalar kishilarni yuqori samara bilan mehnat qilish, ijodiy va ijtimoiy faollikka un- dovchi qoidalardir (masalan, Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi qonun, ilg‘orlarni taqdirlash qoidalari va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |