Definitiv (ta’rif) normalar – ular huquqiy kategoriya va tushuncha-
larning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qo- nunida – jinoyat ta’rifi, ma’muriy qonunda – ma’muriy huquqbuzarlik harakati ta’rifi, fuqarolik qonunida – bitimlarning ayrim turlari ta’rifi va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Definitiv normalar qonunchilikdagi biron-bir normaning mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan bo‘ladi. Definitiv normalar huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 34-moddasida residiv jinoyatning mohiyati, ta’rifi ochib berilgan. Definitiv normalar, asosan evristik va yo‘nalish beruvchi funksiyalarni bajaradi.
Huquq normalarini huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha (huquq so- halari bo‘yicha): konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, yer, fuqarolik, mehnat, jinoyat huquqi va boshqa soha normalariga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir ijti- moiy munosabatlarning sifat jihatidan bir xilligi va nisbiy mustaqilligi ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning maxsusligi va ma’lum darajada o‘ziga xosligining shartidir, bular jamlangan holda muayyan huquq sohasini tashkil etadi.
Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga ajratish
ham keng tarqalgan. Huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmuni- ni aniqlab beruvchi normalar moddiy huquq normalari guruhiga qo‘shiladi. Moddiy huquq normalari huquq subyektlarining huquq va burchlari, ularning huquqiy holati, huquqiy tartibga solish doirasini mustahkamlaydi. Boshqacha aytganda, ular huquq subyektiga unga qanday huquq berilishi va undan nima talab qilinishini ko‘rsatib beradi.
Huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqni tiklash jarayonini belgilovchi normalar esa, protses- sual normalar deyiladi. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy mu- nosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan bo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararni qoplashga
oid normalar (ya’ni, protsessual normalar) Fuqarolik-protsessual kodeksida mustahkamlangan bo‘ladi.
Protsessual huquqiy normalar tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi, hamda sof tashkiliy, rasmiy, boshqaruv xususiyatiga ega. Ular doimo moddiy huquq normalari tartibi, shakllari va tatbiq qilish usullarini belgilaydi. Protses- sual normalar ikkilamchi xususiyat kasb etadi. Protsessual huquqiy normalar hamma vaqt ham alohida sohalarda jamlanavermaydi. Bu hol sodir bo‘lgan taqdirda ham, u huquq sohasining ma’lum bir rivojlanish bosqichida bo‘ladi, ya’ni muvaqqat bo‘ladi. Protsessual normalar o‘ziga xos huquqiy kompleksni hosil qilib, huquq sohasining ma’lum bir bo‘linishi tashkil etilishidan vujudga keladi. Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret) norma- lar farqlanadi. Muayyan bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalar abstrakt (mavhum) normalar hisoblanadi. Bir munosabat turining muayyan bir qismini tartibga soladigan normalarni esa, kazuistik normalar, deb yuritiladi. Masalan, Konstitutsiyaning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘limi normalari abstrakt, umumiy tabiatga ega, Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslari umumiy tarzda mustah- kamlangan. Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar yanada aniqroq ifodalanib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va hokazo. Huquq normalari, shuningdek, asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar mustahkamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esa, umu- miy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, qonunosti normativ hujjatlarning normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi).
Huquq normalari amal qilish hududiga qarab, umumiy amal qiluvchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |