Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet168/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

XIV bob. munosabatlar
Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga: yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo‘linadi.
Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning yuz berishi kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimirlashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, deb tan olinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi. Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi.
Harakatlar – huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog‘liq faktlar. Ular bir necha turga ajraladi: huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlar. Amaldagi qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy (huquqqa muvofiq) harakatlar, deb ataladi. Huquqiy normalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar huquqqa xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi.
Huquqqa zid harakatlar o‘z mazmuni va xususiyatiga qarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va intizomiy-huquqiy bo‘lmagan harakatlarga bo‘linadi. Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, jinoyat sodir qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: – yuridik aktlar;
yuridik xatti-harakat.
Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va barham toptirishga qaratilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar shunday aktlar sirasiga kiradi.
Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishini atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabatlari paydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsulining yaratilishi – yuridik faktdir.
Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuridik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko‘zlab o‘zicha ish ko‘rishdir.
Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  1. huquqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo‘lib, ular ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish munosabatlari zamirida vujudga keladi va takomillashib boradi;

  2. huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;

  3. huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo‘ladi (o‘zgaradi yoki barham topadi) hamda o‘z tabiatiga ko‘ra irodaviy xarakterga ega bo‘ladi;

  4. faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl baxsh eta oladi;

  5. huquqiy munosabatlar – davlatli jamiyatga xos hodisa. Ular davlat siyosati, xohish-irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquq vositasida davlat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi;

  6. demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan, ixtiyoriy, ongli ravishda amalga oshiriladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, huquqiy munosabatlar doimo davlatning madadiga (kuchiga) tayanadi;

  7. huquqiy munosabatlar quyidagi to‘rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega: huquqiy munosabat subyekti, uning obyekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat;

  8. huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan (rivojlantiradigan) yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek, tabiat hodisalari) yuridik faktlar hisoblanadi (chizmaga qaralsin);

  9. yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil bo‘lib, davlat xohish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga, ahamiyatga ega bo‘ladi;

  10. huquqiy munosabatlar obyektiv va subyektiv huquqni amalga oshirishning alohida shaklidir.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirishga samarali xizmat qiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish