Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet41/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uning tarafdorlari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalga oshirish va jamiyatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati jamiyatning yuqori qismiga – elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitani almashtirib turadi.
Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Bunda elita saflari xalq ommasi hisobiga, ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldirib borilishi mumkinligi ham nazarda tutiladi. Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari bir qancha elitalar mavjud bo‘lib, ular hokimiyat uchun kurash olib borishi, biroq, xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazorat qilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar.
Shubhasiz, ushbu nazariyaning nuqsonlari ham mavjud. Chunonchi, aholini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targ‘ib qiladi, hokimiyatning sinfiy tabiati butunlay inkor etiladi. Lekin ushbu nazariyaning ijobiy tomonlari ham yo‘q emas. Haqiqatan ham, hokimiyat ishlarini olib borish amalda kishilarning g‘oyat cheklangan doirasi – deputatlar, davlat mahkamasi xodimlari tomonidan bajariladi. Muhimi, mazkur kishilar chindan ham xalq, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishlari kerak. Shu jihatdan xalq saylagan va o‘z nomidan vakil qilgan kishilarning elita xarakterini, ular faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin.
Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi.
Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta’minlaydi.
Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham foydalanilmoqda.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish