Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet38/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqning tarixiy maktabi. Bu ta’limotning Germaniyadagi asoschilari (G. Gugo, F. Savini, G. Puxta) XVIII–XIX asrlarda huquq til (nutq) kabi tarixan kelib chiqadi va rivojlanadi, aslo qonun chiqaruvchi tomonidan e’lon etilmaydi, deb isbotlashga urindilar. U «milliy» ongdan, «xalq» ongidan kelib chiqadi. Tarixiy maktab vakillari diniy ta’limotga ham yondashib ketadi. Masalan, G. Puxta: «Huquq Xudodan boshlanadi. U millat tabiatiga huquqni yaratish qudratini jo etgan», deb ta’kidladi.
Huquqning normativ nazariyasini yaratuvchilaridan biri Gans Kelzen huquqni huquqning o‘zidan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, huquq sababiy bog‘lanish tamoyiliga bo‘ysunmaydi, o‘z kuchi va harakatini o‘zidan oladi. Kelzen uchun huquqni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi kun tartibida turmagan.
Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi (L. Petrajitskiy va boshqalar). Mazkur ta’limot vakillari huquqning kelib chiqishi sababini insonlarning ruhiyatidan, huquqiy hayajon, ehtiros va kechinmalarning imperativ xususiyatlaridan izlaydilar. Huquq – bu o‘ziga xos «murakkab emotsional-aqliy ruhiy jarayon bo‘lib, u individning ruhiy sohasida namoyon bo‘ladi»2.
To‘g‘ri, huquqning kelib chiqishida ruhiy (psixologik) omilni to‘la inkor etish mumkin emas, ammo, ruhiy hayajon va kechinmalarni huquqni yaratuvchi asosiy manba deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.
Huquq kelib chiqishining marksistik konsepsiyasi. Bu nazariya asoschilari huquqning kelib chiqish va amal qilishning bosh manbayi iqtisodiy tuzum (bazis)da ekanligini ishonchli isbotladilar. Shu bois huquq jamiyatning iqtisodiy tuzumidan ustun bo‘la olmaydi. Shu bilan birga, marksizm huquqning genezisini sinflar va sinfiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘laydi. Huquqda iqtisodiy hukmron sinfning irodasini ko‘radi. Biroq, huquqning ildizlari anchagina chuqurroq, uning paydo bo‘lishiga sinflardan ko‘ra, boshqa umumsotsial omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, jamiyat kishilarning muayyan aloqalar tizimi bilan o‘zaro bog‘langan uyushmasi bo‘lib, davlat va huquqdan oldin vujudga kelgan. Davlat murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Davlat va huquqning vujudga kelishi, shakllanishi va taraqqiyoti turli yondashuvlar asosida yoritilgan. Bunda u yoki bu yondashuvni mutlaqlashtirmay, ularning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Davlat va huquqning kelib chiqishi borasidagi ma’lum nazariyalarning hech biri oxirgi haqiqatga da’vo qilolmaydi. Ammo, har bir ta’limot davlat paydo bo‘lishi xususidagi ilmiy haqiqatni anglashda bir bosqich bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish