Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet31/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat va huquq-
4-§.ning kelib chiqi-shi haqidagi
nazariyalarning plyuralligi

Jamiyatni boshqarishning ibtidoiy tashkil etilishi tartibi barham topib, uning o‘rnini davlat tashkiloti egallashi insoniyat aqlini qadim zamonlardan to hozirgacha band etib kelmoqda. Turli xalqlarda davlatning har xil

shakllarda paydo bo‘lganligi fakti ham davlat
va huquqning kelib chiqishiga oid ko‘plab nazariyalarning, ta’limotlarning yaratilishiga sabab ekanligini e’tirof etish joiz. Biroq, nazariyotchilar, olimlar davlat kelib chiqishining umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini anglashga intiladilar. Avstriyalik davlatshunos L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushunchasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muayyan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi. Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun davlatning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish joiz1.
Davlat va huquqning kelib chiqishi jarayonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi xilma-xil nazariyalar yaratilgan. Bunda mualliflar davlatning kelib chiqish sababini, manbayini xudolardan, insonlar irodasidan, tabiiy va biologik hodisalardan izlaydilar. Shunday nazariyalarning ba’zi mashhur, e’tiborga molik turlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Diniy (teologik) nazariya. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqidagi ushbu nazariyaning asoschilaridan biri o‘rta asr sxolastikasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy edi. Keyinchalik bu neotomistik nazariyani J. Mariten, F. Lebyuff, D. Eyve, Kost-Flore va boshqalar davom ettirdilar. Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn Rushd (1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar ham teologik nazariya tarafdorlari bo‘lganlar.
Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning, shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar davlat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirilishi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, burjuaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim deb targ‘ib qilinadi.
Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati azaldan odamlar orasida yashagan xudolarga, keyinchalik fir’avnlarga tegishli hisoblangan. Masalan, Ma-at ma’budasi qonunlar, odil sudlov, adolat timsoli deb qaralgan. Qadimgi Bobilda mashhur bo‘lgan Xammurapi qonunlarida xudolar «qoraboshlilar» ustidan hukmdorlik qilish uchun Xammurapini tanlaganligini uqtiriladi. Ushbu manbada quyidagi satrlar bor: Anunnaklar1 podshosi baland Anum2 hamda osmon va yer hukmdori, mamlakat taqdirini belgilovchi Ellil Eaning birinchi o‘g‘li Marduqqa barcha insonlar ustidan hukmronlikni belgilaganida, uni igiglar orasida buyuk qildilar. Bobilni uning buyuk nomi bilan atadilar, dunyo qismlari orasida uni qudratli qildilar va unda boqiy podsholikni tasdiqladilar, uning asosini yer va osmon kabi mustahkam qildilar. Shunda meni – g‘amxo‘r hukmdorni, xudodan qo‘rquvchi Xammurapini mamlakatda adolat nur sochishi uchun, jinoyatchilik va yovuzlikni yo‘qotish uchun, kuchli zaifni ezmasligi uchun, Shamash singari qora boshlilar ustidan ko‘tarilish va mamlakatni yoritish uchun, aholiga farovonlik ulashish uchun – Anum va Ellil meni chaqirdilar3.
Qadimgi Xitoyda imperator osmonning o‘g‘li deb qabul qilingan.
Xristianlik dinida ham hokimiyatning ilohiy xususiyatga egaligi ta’kidlanadi. Masalan, avliyo Pavelning rimliklarga murojaatida «Har bir ruh Oliy hokimiyatga itoat etadi, zero Xudodan boshqa hokimiyat yo‘q, (Yer yuzidagi) mavjud hokimiyatlar Xudo tomonidan o‘rnatilgandir», deyiladi.
O‘rta asrlar diniy mafkurasi vakili F. Akvinskiy o‘zining «Hukmdorlarning hukmdorligi to‘g‘risida»gi va boshqa asarlarida davlat, siyosat, qonunlar xususida fikr-mulohazalar bildirgan. U davlat hokimiyatining uch unsuri: 1) mohiyati, 2) paydo bo‘lish shakli, 3) amalga oshirilishini farqlaydi va ularni sharhlab beradi. Masalan, davlatning mohiyati Alloh nomidan boshqaruvchilar va ularga itoat etuvchilar o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Yuqori tabaqadagilarning erklari quyi tabaqadagilarni boshqaradi. Bu qoida abadiy, qat’iy, Alloh tomonidan o‘rnatilgandir. Uning shakli turlicha, ba’zan yomon bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyatining amalga oshirilishida ham mansabni suiiste’mol qilishlar uchrashi mumkin. Bunday hollarda, odamlar xristian dini ta’limotlariga, uning Cherkoviga ergashishlari kerak, kabi mulohazalarni ilgari surgan.
Bizning mamlakatimizda diniy ta’limotlardan islom, islomga qadar zardushtiylik (Avesto) ko‘p asrlar davomida odamlarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirgan dinlardir. Qadimgi Turon va Eron zaminida (arablar ularning har ikkalasini Ajam davlati deb hisoblaganlar, ya’ni arabdan tashqari degan ma’noda) eng qadimgi yirik din zardushtiylik dini bo‘ldi. Uning ta’limotlari «Avesto» kitobida bayon etilgan. Uning asoschisi Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630–553-yillarda yashagan. U turkiy tilda gapiruvchi xalqlar vakili bo‘lgan, masalan, Beruniy uni ozarbayjonlik deb hisoblagan. Zardushtiylik qonunlarida haqiqat, adolatlilik uch axloqiy-huquqiy tayanchga asoslanadi: ezgu fikr (g‘oya), ezgu kalom (so‘z), ezgu amal (ish). «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Axura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna», 14). «Inson qalbi chirog‘ini yoqishda ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana («Ezgu fikr») va Ako Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi. Barcha fikr, g‘oya, va so‘zlar zaminida ezgulik va yovuzlik yotadi» («Yasna», 30). Ezgulikka asoslangan so‘z, g‘oya, harakat – tinchlik, g‘amxo‘rlik kabilardir. Va aksincha, hasadgo‘ylik, yomonlik, urush va janjallar yovuzlikdan darak beradi. «Avesto»da tinchlik, do‘stlik, yaxshilik, adolat g‘oyalari bilan birga jinoyat va jazo, tabiatni muhofaza qilishga tegishli ko‘pdan-ko‘p, bugun ham ibratli qoida(norma)lar mavjuddir.
Islom ta’limotiga kelganda shuni aytish kerakki, bu din yosh din bo‘lganligi sababli uning qonun va qoidalari (Qur’on, Hadis) falsafiy, huquqiy fikrlar ilohiy ta’limotlar asosida inson hayotining turli sohalari va qirralarini tartibga soladi. Insonning paydo bo‘lishi va uning yashash, turmush qoidalari; inson va Alloh, inson va payg‘ambar, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar; inson bilan inson o‘rtasidagi munosabat ibratli tarzda izohlanadi. Jamiyat hayotida davlat tartibining o‘rnatilishi, ayniqsa qonunchilikka rioya qilish to‘g‘risidagi juda ko‘p fikr va mulohazalar bitilgan1.
Bu ta’limotda Oliy hokimiyat egasi Alloh ekanligi ham sunniy va ham shialik mazhabida yakdillik bilan tan olingan. Insonlar orasida hokimiyat kimga topshirilishi to‘g‘risida mazhablar turlicha yondashadilar. Sunniylik mazhabiga ko‘ra, islom davlatida hokimiyat jamoaga berilgan. Yerda Alloh nomidan oliy hokimiyat jamoa tomonidan amalga oshiriladi va u Allohning Oliy va tanho hukmronligi ifodasi sifatida ro‘yobga chiqadi. Jamoaning suveren huquqlari hukmdorni saylab qo‘yishida namoyon bo‘ladi va hukmdor jamoa nomidan hokimiyatni amalga oshiradi. Shialik mazhabi ta’limotida esa, suverenitet faqat Allohga tegishli ekanligi va uning nomidan imom yakkaboshchilik asosida davlat hokimiyatini amalga oshirishi hamda jamoa irodasi bilan hech qanday bog‘liq emasligi ta’kidlanadi. Imom mutloq, ilohiy hokimiyatga ega bo‘lib, u jamoadan ustun turadi. Uning shaxsi muqaddas hisoblanadi1.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish