Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet29/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Urug‘chilik tuzumi- Qadimgi kishilik jamiyatining «oltin 3-§.ning yemirilishi. davri» bo‘lmish ibtidoiy tuzum o‘z intihosiga Davlat va huquq- yuz tuta boshladi. Bu tuzum o‘zining tabiiy
ning kelib chiqishi yemirilish pallasiga kirdi. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyotdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot-
ga o‘tilishi insoniyat hayotining barcha sohalarida muhim sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Yangi tosh asri (neolit) davrida moddiy ne’matlar yaratishning yangi manbalari paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat qilish qurolvositalarining takomillashuvi, insonlarda tajriba va malakaning ortishi natijasida jamiyatni uyushtirish va boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z ahamiyatini yo‘qota bordi.
Bu davrda metal eritish va metal qurol tayyorlash ishlab chiqarish vositalarining takomillashib borishiga sabab bo‘ldi. Pirovardida, jamiyatning iqtisodiy negizi o‘sib bordi, ijtimoiy va ma’naviy hayot boyib, rang-barang bo‘lib o‘zgarib bordi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyoti o‘sishiga, ishlab chiqarishning sifat jihatdan yangi jabhalari va hosil olishning yangi usullarining topilishiga mehnatning malakalashuvi, ijtimoiy mehnat taqsimoti hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Tarixiy va ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, ibtidoiy tuzum davrida jamiyat hayotida uchta yirik mehnat taqsimoti sodir bo‘lganligi ma’lum. Murakkab tabiiy shart-sharoit, hayvonlarni vahshiyona ovlashning ortib borishi ular biomassasining kamayishiga olib kelib, o‘sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondirishga yetishmasligi kelib chiqdi. Oziq-ovqat manbalarini kengaytirishga majbur bo‘linadi. Hosil beruvchi ekin ekish sohasi kengaya bordi. Ko‘plab qabilalar sug‘orishga asoslangan dehqonchilikka ixtisoslashadilar.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti inqilobiy xususiyatga ega bo‘ldi. Dastlab odamlar hayvonlarni uy hayvoniga aylantirishni va ko‘paytirishni o‘rganadilar. Bu ish mehnatning asosiy sohasiga aylanib, yer haydash yoki ov qilishga nisbatan ancha foydali bo‘lgan. «Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlar ommasidan ajralib chiqqanlar: bu – birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlarga qaraganda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarar edilar, shu bilan birga ular ishlab chiqaradigan tirikchilik vositalarining xili ham boshqacha edi»1.
Shunday qilib, mehnatning chorvachilik turi dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Bu dastlabki mehnat taqsimoti ibtidoiy jamoa tuzumini yirik o‘zgarishlarga olib keldi. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatoriga sut, go‘sht, yog‘, jun, teri kabi mahsulotlar qo‘shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham ixtisoslashish kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bordi. Mehnatning samarali va unumli bo‘lishi esa, kundalik ehtiyojdan ortiqcha qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga olib keldi. Chorva mollari dastlab ayrim oila va shaxslarning boyligini tashkil etdi. Keyinchalik ayirboshlash vositasiga aylandi. U asta-sekin kollektiv mulkchilikni siqib chiqardi, xususiy xo‘jalik va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni keltirib chiqardi. Mahsulot ishlab chiqarishning ortishi kundalik mehnat miqdorini ham ko‘paytira bordi. Yangi ish kuchini jalb etishga ehtiyoj tug‘ildi. Urushda asir olinganlar qulga aylantirila boshlandi. Shunday qilib, xususiy mulk kelib chiqdi va jamiyat sinflarga bo‘lindi.
Keyinchalik, metall asboblar quyish va qulolchilik hamda to‘qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik bo‘linishga – dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishiga olib keladi. Alohida gruppa kishilar turli xil mehnat qullari va uy anjomlari tayyorlash bilan shug‘ullana boshlaydilar. Endi hunarmandchilikda ixtisoslashish avj oladi. Dehqonlar ham, chorvadorlar ham, hunarmandlar ham mahsulotini bevosita ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshlaydi, ya’ni tovar xo‘jaligi bilan birga savdo-sotiq rivojlanadi.
Kishilik jamiyatining bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimotiga olib keladi. Sivilizatsiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, faqat mahsulotlarni ayirboshlash bilan mashg‘ul bo‘ladigan toifani – savdogarlar qatlamini vujudga keltiradi. F. Engelsning aytishicha, endilikda birinchi marta shunday bir sinf paydo bo‘ldiki, u ishlab chiqarishda hech bir ishtirok etmasa ham, ishlab chiqarishga rahbarlik ishini umuman va butunlay o‘z qo‘liga oladi va ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan o‘ziga itoat qildiradi, har ikki ishlab chiqaruvchi o‘rtasida yo‘qotib bo‘lmaydigan vositachiga aylanadi va ularning har ikkisini ekspluatatsiya qiladi.
Bu davrga kelib yer ham xususiy mulkka aylanadi, boyliklar ozchilikni tashkil etgan ekspluatatorlar sinfi qo‘lida to‘planishi tezlashadi, shu bilan birga kambag‘allar soni ham o‘sib boradi.
Jamoaviy mulk o‘rniga kelgan xususiy mulk pirovard natijada mulkiy tengsizlikni yuzaga chiqarib, jamiyatni antagonistik sinflarga bo‘lib yuboradi. Endi jamiyatni boshqarishning urug‘ – qabiladoshlik formasi bularning hammasini o‘z ichiga sig‘dira olmasdi. Urug‘doshlik tuzumining umri tugadi. Mehnat taqsimoti va uning oqibati – jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida urug‘doshlik jamiyati yemirildi. Urug‘doshlik tuzumi o‘rnini davlat oldi.
Ekspluatatsiyaning, ezishning va sotsial tengsizlikning birinchi klassik formasi – qulchilik vujudga keldi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hokimiyati quldorlik davlat hokimiyati bilan almashindi (ba’zi xalqlarning ibtidoiy tuzumdan feodal tuzumiga o‘tganligini yodda tutish lozim).
Davlat urug‘doshlik tuzumidagi ijtimoiy hokimiyatdan quyidagi xarakterli belgilari bilan farq qiladi:

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish