Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash



Download 1,37 Mb.
bet196/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va adolatli bo‘lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish hamisha o‘z dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo‘nalishda, avvalo:

  • amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirish bo‘yicha muntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatini yanada faollashtirish lozim;

  • qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini «Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va «Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko‘rib chiqish kerak;

  • inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish va inson manfaatlarini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichmabosqich o‘tish;

  • Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish. «Qonunning ustuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir. U huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi»2;

  • Konstitutsiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda og‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim.

Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqiy islohotlarning markaziy bo‘g‘ini. Jamiyat ehtiyojlari va taraqqiyot manfaatlariga mos tarzda Konstitutsiyaning takomillashtirilishi mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini, siyosiy tizimni barqarorlashtirish garovi hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshayotgan konstitutsiyaviy mazmundagi muhim o‘zgarishlar pirovardida Konstitutsiyaning o‘zini ham takomillashtirishga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida mamlakatda ikki palatali parlament tuzish g‘oyasi yoqlab ovoz berildi. Shu asosda 2002-yil 4-aprelda «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu konstitutsiyaviy qonunning ahamiyatini izohlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: «... u referendum natijalarini qonunchilik tilida ifodalab – muhrlab beradi va Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi»1, – dedi. Ushbu bashorat tez orada qonun ijodkorligi amaliyotida o‘z tasdig‘ini topdi. 2002-yil 12-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaning davlat hokimiyati organlari tashkil etilishiga oid boblariga ikki palatali parlament joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi2. Bunda parlament palatalarining vakolatlari mustahkamlandi, Prezident va Hukumatning vakolatlari qayta shakllantirildi, saylov qonunchiligiga oid konstitutsiyaviy normalar takomillashtirildi.
2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar- ning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘ppartiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi turli siyosiy yo‘nalishlarga amal qiluvchi partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi, ularning qonun ijodkorligi ishi samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni, fraksiyalararo sog‘lom tortishuvni sezilarli darajada oshirdi. Parlamentdagi ko‘pchilikning va parlamentdagi muxolifatning huquqlari qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.
2008-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ma’qullandi. Mazkur qonun mamlakatimizning saylov qonunchiligini izchil demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy islohotlar so‘nggi yillarda faol va maqsadli o‘tkazilayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqib, 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu yangiliklar hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga, ularning o‘zaro bir-birini tiyish mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Parlamentda Hukumatning hisobotini tinglash, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish institutlari joriy etildi.
2014-yil 16-apreldagi Qonun bilan Asosiy qonunimizning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda jamoatchilik va parlament nazorati institutlari, mahalliy vakillik hokimiyati organlarida mahalliy hokimlarning hisobotini tinglash masalalari konstitutsiyaviy darajada belgilandi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi konstitutsiyaviy organga aylantirildi.
Prezident tashabbusi bilan 2017-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunga muvofiq, Oliy xo‘jalik sudi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Sud tizimida xo‘jalik sudlari tugatilib, ayni vaqtda iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzildi. Sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi1.
Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib yuridik texnika qoidalariga rioya etgan holda qonunchilikni sistemalashtirish, ayniqsa kodekslashtirish. Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa kodekslar qabul qilindi. Biroq, barcha kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor munosabatlariga to‘la moslashtirib bo‘lindi, deyishga hali erta. Bu boradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish va o‘z milliy xususiyatlarimizni, huquqiy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan holda qonunlarimizni yanada takomillashtirish zarur bo‘ladi. Qonunchilikni sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasida mutanosiblik va batartiblikni ta’minlash lozim. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning qonunga mosligini ta’minlash sohasidagi ishlarni davom ettirish o‘rinlidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish