Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev
biri hisoblanadi. Huquq normasi masalalarini ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha elementlari bilan chambarchas bog‘liq: bir tomondan, huquq normasi huquq ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, uchinchidan, huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga chiqadi. Jamiyatda amal qiluvchi huquq obyektiv voqelik bo‘lib, u huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. Huquq normasi milliy huquq tizimining boshlang‘ich elementi, uning mazmunini tashkil qiluvchi substansiya (asos) dir. Davlathuquqiy ta’limot va amaliyot huquqiy norma va uning ta’rifi borasida ko‘plab ilmiy talqinlar yaratgan. Huquqiy tizimning hech bir qismi, biron-bir sohasi huquq normasi bilan bog‘lanmagan holda izohlanishi mumkin emas. Shu bois, huquqiy normalar huquqiy tizim tabiatiga xos barcha xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi. Yuridik normalarni tadqiq etishga akademik Sh.Z. O‘razayev, professorlar M.H. Xakimov, V.K. Babayev, M.I. Baytin, Z.M. Islomov, P.Е. Nedbaylo, A.S. Pigolkin, A.F. Shebanov va boshqalar barakali hissa qo‘shganlar. Adabiyotlarda huquq normasi, odatda, talab etilayotgan xatti-harakat qoidasi yoki shunday xulq-atvor, faoliyatning o‘lchovi sifatida ta’rif qilinadi. Huquq ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulqatvor, xatti-harakat qoidasi sifatida namoyon bo‘ladi. U analogik (bir-biriga o‘xshash) vaziyatlarda huquq subyektlari tomonidan takror-takror qo‘llanishga mo‘ljallangan. Huquq normasini ta’riflashda, avvalo, uning ijtimoiy normalarning bir turi ekanligidan kelib chiqish lozim. Ijtimoiy normalar kishilik jamiyati turmush tarzi uchun xos bo‘lib, mazkur normalar odamlar va ularning uyushma- * Ushbu bob Yunusjon Оdilqoriyev bilan hammualliflikda yozilgan. lari o‘rtasidagi turli-tuman aloqalar hamda munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Bunday qoidalar qatoriga kishilar va ular guruhlarining o‘zaro munosabatlari, yurish-turish va xulq-atvorini tartibga soluvchi barcha axloqiy, diniy, siyosiy, korporativ, huquqiy va boshqa normalar kiradi. Huquqiy normalar qadimdan turli ijtimoiy-hayotiy qoidalar: urf-odatlar, an’analar, rasm-rusumlar, marosim tartiblari, diniy qoidalar, axloq talablari ta’sirida shakllanib kelgan. Shu bois huquqiy normalarning tarixan paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishiga boshqa ijtimoiy normalar ta’sir ko‘rsatganini nazarda tutish lozim. Tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda, dastlab ijtimoiy normalar turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar tomonidan shakllantirilib, hayotga tatbiq etib borilgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bu faoliyat asosan, urug‘, qabilalar tomonidan amalga oshirilgan. Ijtimoiy normalar, asosan, jamoaviy turmush tarzini, oilaviy va mehnatga oid munosabatlarni va boshqa aloqalarni tartibga solishga qaratilgan. Huquqiy (yuridik) normalar ijtimoiy normalarning alohida turi sifatida ijtimoiy normalarga xos barcha belgilarga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda, huquq normalari faqat o‘zigagina xos xususiyatlarga ham ega. Huquq normasi shunday xususiyat kasb etadiki, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda har qanday xulq-atvor va xatti-harakatlarda aniq me’yorni belgilovchi mezon bo‘lib hisoblanadi. Agar jamiyat hayotining bir qator jihatlari axloq, urf-odat, madaniyat qoidalari, an’ana, udum, rasm-rusumlar bilan bog‘liq bo‘lsa, huquqiy hayot sohasidagi munosabatlar huquqiy normalar vositasida tartibga solinadi. Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |