Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet134/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Tarixiy ma’lumot. Qadimgi Sharq mamlakatlari huquqiy tizimida ibtidoiy urug‘doshlik tuzumidan saqlanib qolgan odatlar, marosim qoidalari va an’analar aks etgan. Bu davrda huquq hali ma’lum tizimga, bir qolipga solinmaganligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, huquq tizimining hali tarmoqlarga bo‘linishi ham aytarli sezilmas edi. Bu davrning qoidalarida moddiy va protsessual normalar qorishib ketgan edi. Masalan, «...jazo tizimida jamoa bo‘yicha javobgarlik, bir kishining jinoyati uchun oila a’zolarining javobgarligi, jazo tayinlashda talion – «ko‘zga ko‘z, tishga tish» prinsipini, sud yuritish ishlarida ordaliya – sinab ko‘rish (hovuzda cho‘ktirib ko‘rish) mavjudligini ko‘rishimiz mumkin»1.
Xuddi shunday qoida yaratilishi antik davlatlar davrida, ayniqsa, quldorlik paytida o‘ziga xos kechgan. Ularda tovar-pul munosabatlari birmuncha rivojlangan, huquqiy tizim sohalarga bo‘lingan (fuqarolik, oila, nikoh, jinoyat va boshq.). Ayniqsa, Rim huquqi ancha mukkamal tuzilganki, keyinchalik u ko‘pgina davlatlarning huquqiy tizimlari shakllanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Misol tariqasida, roman-german davlatlarining huquqiy tizimini (Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va h.k) olishimiz mumkin. Unda rim huquqining resepsiyasi sezilib turadi.
Qadimgi davlatlarda hokimiyatni bir shaxs qo‘lida to‘planganligi, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud yakka shaxs ixtiyorida ekanligi, boshqaruv tuzumi monarxiyaga asoslanganligi yuridik tartib-qoidalar yaratilishida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Tarixiy manbalarning guvohlik qilishicha, «Mil. av. XIII asrda qonunchilik taraqqiy topa boshlagan. Masalan, fir’avn Ramzes II ning armiyani mustahkamlash, nasab va mansab toifalarini belgilash haqidagi qonunchiligi, mil. av. VII asrda fir’avn Bakxorisning 8 kitobdan iborat qonunlar to‘plami»1 kabilarni misol keltirish mumkin.
Shuningdek, «Mil. av. uchinchi ming yillik oxirgi podsho Ur-Nammuning qonunlari, Isina hukmdori Lippid Ishtarning qonunlari, Esnunna hukmdori Bilalam qonunlari (mil. av. ikkinchi ming yillik boshlari), O‘rta Ossuriya qonunlari (mil. av. ikkinchi ming yillik o‘rtalari), Qadimgi Bobil hukmdori Xammurapi (1792–1750-yillar) qonunlari. Mazkur kodeks 282 moddadan iborat bo‘lib, shundan 35 tasi o‘chib ketgan (keyinchalik tiklangan) va bizgacha 282 ta modda yetib kelgan. Tarkibiy tuzilishi 3 qismga bo‘linadi: 1) Kirish; 2) Sudnoma (asosiy qism); 3) Xulosa hisoblanadi2.
Ushbu manbalardagi huquq normalari, asosan davlat hokimiyatini kuchaytirishga, qulchilik va mulkchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Albatta, qadimiy huquqiy manbalardagi huquq normalarining bayoni, mazmuni, tuzilishi bugungi tadqiqotchilar, mutaxassislar va talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Shu bois yuqoridagi tarixiy yodgorlikdan ba’zi iqtiboslar keltiramiz. Xammurapi qonunlari shakli ham o‘sha davr uchun o‘ziga yarasha yangilik hisoblangan. Har bir modda tarkibiy tuzilish(struktura)ga ega ekanligi uni tushunish va omma ongiga sindirilishida muhim ijtimoiy vazifani o‘tagan. Xammurapi qonunlari normalari sodda ko‘rinishda bo‘lib, aksariyati dispozitsiya va sanksiyadan iborat bo‘lgan. Masalan, gipoteza «agar, agarda» degan so‘zlaridan boshlangan, hamda jinoyat yoki huquq buzilish holati (dispozitsiya) bayon etilgan, so‘ng sanksiya «unda» degan so‘zi bilan boshlanib, tegishli jazo belgilab qo‘yilgan. Jazoning muqobil ko‘rinishga ega bo‘lishi ham nazarda tutilgan. Misol uchun: «Agar inson sudda jinoyat to‘g‘risida guvohlik uchun chiqqan bo‘lsa va u aytgan so‘zlarini isbotlay olmasa va bu ish hayot to‘g‘risidagi ishiga taalluqli bo‘lsa, unda inson o‘ldirilishi kerak» (3-modda)3. «Agar inson uyiga o‘t ketgan bo‘lsa, o‘tni o‘chirish uchun kelgan boshqa inson unga uy egasi mol-mulkiga ko‘z qo‘yib, uni olgan bo‘lsa, unda bu inson ushbu olovga tashlanishi kerak» (25-modda)1.
Xammurapi qonunlari qadimgi dunyo tarixiga mansub bo‘lishiga qaramay, bugun ham o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Mazkur qonunlar qadimgi dunyo hayotida ijtimoiy me’yorlarni o‘rnatish va tartibsizliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, davlatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga ushbu hujjat qadimgi davlatning rivojlanish darajasini tavsiflab beradi. Uni o‘rganish davomida Qadimgi Bobil ancha yuqori rivojlanish cho‘qqisiga ega bo‘lganligi va murakkab ijtimoiy munosabatlarni shakllantirganini, ularni huquqiy tartibga solganini kuzatish mumkin.
Yana bir misol. Rim huquqining noyob yodgorligi hisoblangan «XII jadval qonunlari» (mil.av. 451–450-y.y. 12 mis lavhaga o‘yib yozilgan) respublika shaklida boshqariladigan jamiyat ehtiyojlari uchun yaratilgan bo‘lsa-da, unda ham urug‘doshlik tuzumining urf-udumlari, an’anaviy ong ifodalari, odatlari ta’siri sezilib turadi. XII jadval qonunlarining manbalari odat huquqlari va Afina huquqi (Salon qonunlari – Mil.av. VI asr, Drakont qonunlari – mil.av. 611-y.) hisoblangan. XII jadval qonunlarining ayrim normalarini misol keltiramiz:
«Agar tungi o‘g‘irlik yoki qurol-yarog‘ vositasi bilan o‘g‘irlikda aybdor kimsa qo‘lga tushsa, unda u o‘sha joyda o‘ldirilishi lozim» (VIII jadval, 11-12-bandlari).
«Agar odamning badaniga va boshiga shikast yetkazsa, qo‘l bilan yoki tayoq bilan urib qo‘l yo oyog‘ini sindirsa, unda aybdorga ozod kishi jabrlangan bo‘lsa – 300 ass, qulga ana shunday zarar yetkazilsa – 150 ass2 miqdorida jarima solinadi».
Yolg‘on guvohlik berganlik uchun qonun juda qattiq jazoni – Tarpey qoyasidan uloqtirib yuborish bilan qatl etishni nazarda tutgan (VIII jadval, 23-band). Sudsiz biron-bir ozod kishini hayotidan mahrum qilish taqiqlangan (XI jadval 6-band)3.
Hozirgi jamiyatda huquq normasi huquq tizimining birlamchi tarkibiy elementi hisoblanadi. Ma’lumki, obyektiv huquq o‘z ichki tuzilishiga egadir. Huquq tizimi yaxlit bir vujud (organizm) sifatida o‘z tarkibiga huquq tarmoqlari, huquq institutlari va huquq normalarini qamrab oladi. Bordi-yu, huquqni, huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo‘lsak, huquq normasi uning dastlabki tamal toshi sifatida, yoki bir jonli organizmning eng kichik, birlamchi hujayrasi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, mantiq nuqtayi nazaridan butun huquq mazmuniga xos bo‘lgan asosiy sifat va belgilar har bir alohida olingan huquq normasida namoyon bo‘ladi.
Huquq normasi ifoda etadigan formal-yuridik belgilar quyidagilardan iborat: a) huquq normasining bevosita davlat bilan aloqasi (bog‘liqligi), ya’ni, huquq normasi davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi; u hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amri-irodasini ifodalaydi; b) huquq normasi davlat irodasini ifodalaydi (mujassamlashtiradi); v) huquq normasi umummajburiy bo‘lib, vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi mazmunga ega; g) huquq normasida ifodalangan qoida qat’iy rasmiy aniqligi bilan tavsiflanadi;
d) huquq normasi uzoq muddat qo‘llanishga mo‘ljallangan; ye) huquqiy normalar o‘zaro mutanosib va iyerarxik bo‘ysunish tarzida mavjud bo‘ladi; j) huquq normasi davlat tomonidan muhofazalanadi; z) huquq normasining qoidasi buzilgan taqdirda davlat majburlovi qo‘llaniladi; i) normativ hujjatlar va boshqa huquq manbalarida ifoda (bayon) etiladi. Ayni paytda, huquq normasi yaxlit bir tizimning dastlabki bo‘lagi sifatida o‘ziga xos jihatlarga ham ega bo‘ladi.
Huquq normasining mohiyatini teran anglash uchun uning lug‘aviy ildiziga, etimologiyasiga e’tibor qaratish lozim. «Norma» (lotincha) so‘zi «qoida», «aniq ko‘rsatma», «namuna», «o‘lchov» ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir norma o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurishturish modelini ifodalaydi, Masalan, O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan, «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi». Bu huquqiy normada fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lmish sudga himoya so‘rab murojaat qilishga oid qoida mustahkamlagan.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish