2. Usullarning adekvatlik talabi. Bir xil ma'lumotlarning o‘zi foydalanish (iste'mol qilish) paytida ular bilan o‘zaro aloqada harakatda bo‘lgan usullarning adekvatlik darajasiga qarab turlicha axborot berishi mumkin. Masalan, xittoy tilini bilmagan odam uchun Pekindan kelgan xat faqat kuzatish usuli orqali olingan axborot (sahifalar soni, qog’oz ining rangi va navi, notanish belgi larning mavjudligi va hokazolar)nigina berishi mumkin. Bularning hammasi axborot, lekin xatda bayon qilingan, uning mazmuniga bitilgan to‘liq axborot emas. Bundan ko‘ra, adekvatroq bo‘lgan usullarni qo‘llash boshqacha axborotni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |