Oddiy hujjatlar formatlangan matndan iborat



Download 16,31 Mb.
bet11/162
Sana31.12.2021
Hajmi16,31 Mb.
#227805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162
Bog'liq
Leksiya toplam

Kilobayt, avtomatlashtirish, mega-giga-tera perfiks, bayt

Nazorat savollari:

1. Shaxsiy kompyuterlar?

2. Ma'lumotlarning o‘lchov birliklari?

Topshiriqlar:

1. Internet tarmog’idan yangi malumotlarni olish.

Adabiyotlar:


  1. Safarova T.S.. Informatika va axborot texnologiyalari. T.: O.M.E.D.N., 2006

  2. Zakirov F. Informatika i informatsionnie texnologii Т.: Аloqachi, 2007

  3. Аripov М.М. Informatika, informatsion texnologiyalar. Т.: ТDYUI, 2004

4.M.Aripov «İnformatika asoslari»,T. 2002y

5.A.Axmedov «İnformatika»,T. 2001y

6.U.Yuldashev «İnformatika»,T. 2002y

3-Mazruza:Tibbiyot masalarini yechishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.


Rejasi:

1. Shaxsiy kompyuterlar haqida tushuncha

2. Ma'lumotlarning o‘lchov birliklari

3. Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari

4. Tizimiy blok

5. Tizimiy plata


Bayoni:
Bu toifa kompyuterlari keyingi yigirma yil ichida gurkirab rivojlanadilar. Bu kompyuterning bitta ishchi o‘rniga xizmat ko‘rsatishini uning nomi ham ko‘rsatib turibdi. Odatda, shaxsiy kompyuter bilan bitta odam ishlaydi.

O`lchovlari va narxining nisbatan uncha katta emasligiga qaramay, zamonaviy kompyuterlar ancha katta unumdorlikka egadirlar. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligi 70-yillardagi katta EHMlar, 80-yillardagi mini EHMlar, 90-yillardagi mini EHM lardan ustundir. Shaxsiy kompyuter (Personal computer) kichik korxonalarning va alohida shaxslarning talablarining ko‘pini qondirishga qobildir.

Shaxsiy kompyuterlar 1995 yildan so’ng Internet gurkirab rivojlanib ketgani munosabati bilan juda mashhur bo‘lib, ommaviylashib keta boshladilar. Butunjahon tizimidan ilmiy, o‘quv, madaniy ma'lumot va ko’ngilochar axborot manbai sifatida foydalanish uchun shaxsiy kompyuterning o‘zi yetarlidir, shaxsiy kompyuterlar, shuningdek, istalgan fan bo‘yicha o’qitish jarayonini avtomatlashtirish, masofadan turib (sirtdan) o’qitish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni uyushtirishning ham qulay vositalaridir. Ular faqat ishlab chiqarish vositalari emas, balki ijtimoiy munosabatlarga ham katta hissa qo‘shadilar. Ularni ko‘pincha mehnat faoliyatini tashkil qilish uchun ishlatadilar. Bu ishsizlik sharoitida muhim ahamiyatga ega.

So‘nggi vaqtlargacha shaxsiy kompyuterlarning modellarini (rusumlarini) shartli ravishda ikki toifaga: maishiy ShK va professional ShKlarga bo‘lganlar. Maishiy rusumdagilar, odatda, past unumdorlikka ega bo‘lganlar, lekin ularda rangli grafika va ovoz kiritish uchun alohida choralar ko‘rilgan, professional modellar uchun bu talab qilinmaydi.

Keyingi yillarda hisoblash texnikasi vositalarining keskin arzonlashganligiga erishilgani munosabati bilan professional va maishiy kompyuterlar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada kamaydi va bugun maishiy kompyuterlar sifatida yuqori unumdorlikka ega professional rusumdagi kompyuterlardan foydalanilmoqda, professional rusumdagilarni esa, o‘z navbatida, ilgari maishiy uskunalargagina xos bo‘lgan mul'timediya axborotlarni qayta ishlovchi qurilmalar bilan to’ldirilmoqda. Mul'timediya atamasi ostida bitta hujjatda bir necha xildagi ma'lumotlar (matn, grafika, musiqiy va videoma'lumotlar)ni birlashtirish yoki bu majmua ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskunalarning yig’indisi (to‘plami) tushuniladi.

1999 yildan boshlab, shaxsiy kompyuterlar sohasida PC-99 xalqaro sertifikatsiyalash standartiga amal qilina boshladi. U shaxsiy kompyuterlarni tasniflash tamoyillarini tartibga soladi (reglamentlashtiradi) va har bir toifaga qo‘yiladigan va tavsiya etiladigan minimal talablarni belgilab beradi. Yangi standart shaxsiy kompyuterlarning quyidagi toifalarini belgilagan:

• Consumer PC (ommaviy ShK);

• Office PC (ishchi ShK);

• Mobice PC (portativ ShK);

• Work Station PC (ishchi stansiya);

• Entertainment PC (ko’ngilochar ShK).

PC-99 ixtisoslashtirilishi bo‘yicha hozirgi vaqtda bozorga chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligi ommaviy

ShK lar toifasiga kiradilar. Ishchi shaxsiy kompyuterlari uchun grafikani qayta tiklash vositalariga qo’shiladigan talab minimallashtirilgan, tovush ma'lumotlari bilan ishlovchi vositalarga esa umuman hech qanday talab qo’yilmaydi. Portativ shaxsiy kompyuterlar uchun yo‘llash uzoqlashtirilgan ob'ektlar bilan ulanishni ta'minlash vositalari, ya'ni kompyuter aloqasi vositalarining mavjudligi majburiy talabdir. Ishchi stansiyalari toifasida ma'lumotlarni saqlash usullariga, ko’ngilochar ShKlar toifasida esa grafika va ovoz bilan ishlash vositalariga talablar kuchaytirilgan.

Mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining jozibadorligi ularning arxitekturasi ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig’ilgan belgini bildiradi, ya'ni uning asosiy qismlari va bo‘laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig’ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o’rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir.


Shaxsiy kompyuter.

Mos keluvchi IBM PC-shaxsiy kompyuterlari tarkibida uchta asosiy qismni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: tizimiy blok, monitor va klaviaturadir. Tizimiy blokda kompyuterning hamma elektron qismlari: ta'minot bloki, ona (tizimiy) plata va almashtiriluvchi yoki almashtirilmaydigan tashuvchilarni to’plovchi (diskovod)larning uzatmalari joylashtirilgan. Klaviatura kompyuterga ma'lum belgilarni yoki boshqaruvchi signallarni uzatishga imkon beruvchi axborot kiritish standart qurilmasidir. Monitor (yoki displey) ekranda monoxrom yoki rangli, belgili yoki grafika axborotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan yuqorida sanab o‘tilgan qismlarning hammasi bir-biri bilan ulash joyi bo‘lgan kabellar vositasida birlashtiriladi.

Klaviatura, tizimiy blok va monitorning o‘zaro aloqasi


3.2-rasmda har qanday kompyuterning asosiy bloklarining klassik to‘plami yoki kompyuter atamashunosligidan foydalanib aytilganda, minimal konfiguratsiyasi: tizimiy blok, klaviatura va monitor ko‘rsatilgan.

Tizimli blok o‘z ichiga hisoblashni amalga oshiruvchi va tashqi qurilma bilan aloqani ta'minlovchi hamma bloklarni olgan. Amalda bu biz tilga olayotgan kompyuterning o‘zginasidir. 3.2-rasmda ko‘rsatilgan boshqa bloklar tashqi qurilma bo‘lib, ular kompyuterlarga axborotni kiritish va chiqarishni ta'minlaydilar.

Klaviatura (chapda) odamga u yoki bu vazifani bajarish yoki qandaydir matn, aytaylik, hisobot uchun zarur bo‘lgan matnni yoki kitobni terish haqida buyruq berish uchun bir qator belgilarni kompyuterga kiritishga imkon beradi. Klaviaturasiz joriy vazifalarni hal qilishda kompyuterdan to‘laqonli foydalanishning hech qanday imkoni yo‘q.

Monitor (o’ngda) grafik axborotni odam ongi qabul qilishi uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda chiqarishni ta'minlaydi. Insonning kompyuter bilan muloqoti qay darajada yoqimli va qulay bo‘lishi monitor ekranidagi tasvirining sifatiga bog’liqdir. Shuni ta'kidlash lozimki, ko‘pincha monitorning narxi tizimiy bolkning bahosidan qimmatroqdir, ammo bunday holatda arzonroq monitor sotib olib qilingan tejamkorlik mehnat unumdorligining kamayishigagina emas, balki ko‘zning ko’ngilsiz kasalliklarga chalinishiga ham olib keladi.

3.2.-rasmda axborotning kompyuterning bloklari orasidagi harakati strelkalar bilan ko‘rsatilgan. Klaviaturadan odam klavish (tugmacha)larni bosib kompyuterga yuborayotgan belgilarning siyrak oqimi keladi. Matnni terish yoki tugmachalarni bosish tezligi kamdankam hollarda minutiga 200 belgi dan oshadi, shuning uchun biz axborot oqimini ingichka to’g’ri chizilgan strelka bilan belgiladik.

B a'zi hollarda kompyuter klaviaturaga boshqaruv buyruqlarini yuboradi (3.2-rasmda ular punktir chiziqlar bilan ko‘rsatilgan). Monitor ekraniga chiqariluvchi rasmlar, mantlar, ayniqsa, videofil'mlar berilayotgan axborot hajmining sezilarli darajada ko‘p bo‘lishini talab qiladi. Televizor ekraniga qaraganda tasvirning sifati yaxshiroq bo‘lgan professional monitorlarda tizimiy blokdan monitorga yuboriladigan axborotning hajmi odatdagi televideniya ko‘rsatuvida ekranga yuboriladigan axborot hajmidan bir necha barobar ko‘pdir. Shuning uchun ham 3.2-rasmda bu yo’nalishni ko‘rsatuvchi strelka yo‘g’on qo‘shaloq chiziq ko‘rinishida bajarilgan. Xuddi klaviatura uchun bo‘lganidek, punktir chiziq bilan kamdan-kam beriladigan boshqaruv buyruqlarining yo’nalishi ko‘rsatilgan (bunda monitor faqat kompyuterning dastlabki yuklash paytidagina u bilan xizmat axboroti almashadi deb hisoblash mumkin).

Axborot kiritish uskunalariga, shuningdek, kursorning monipulyatori - sichqon kiradi. Sichqon - bu tepa qopqog’ida ikki yoki uchta tugmachasi bo‘lgan kichik qutichadir. Sichqon bilan ishlash uchun stol ustida surish kerak. Kompyuter sichqonning harakatlarini kuzatib turadi va monitorning ekranida maxsus ko‘rsatkich - kursorning tasvirini u yoki bu tomonga suradi. Sichqonni stol yuzasida harakatlantirar ekansiz shu tarzda siz kursorni monitor ekrani bo‘ylab harakatlantirasiz.

Sichqon yordamida siz kompyuterga tasvirning u o‘zgartirishi kerak bo‘lgan unsur (element)larini ko‘rsatasiz. Kursorni ob'ektga o‘rnatib tugmachalardan birini bosish kerak bo‘ladi. Bunda kompyuter siz kursorni kerakli ob'ektga o‘rnatganingizni bilib oladi. Ayrim vazifalarni (masalan, grafik tasvirlarni yaratishda) bajarishda sichqon klaviaturaga qaraganda ham zarurroqdir, chunki u kompyuterning grafik kiritish uskunasidir.

Shunday qilib tizimli blok kompyuterning ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy qismlarni o‘zida biriktirgan. Tizimli blokka axborot kirituvchi-chiqaruvchi turli xil uskunalar (chekka qismlarda joylashgan uskunalar)ni ulash mumkin. Kompyuterning ishlashi uchun tezkor xotira va tashqi qurilma o‘rtasida axborot almashib turilishi zarurdir. Bunday almashinuv kiritish-chiqarish deb ataladi. Bu almashinuv bevosita sodir bo‘lmaydi, har qanday tashqi uskuna va kompyuterdagi tezkor xotira o‘rtasida ikkita oraliq bo’g’in mavjud:

1. Har bir tashqi uskuna uchun kompyuterda uni boshqaruvchi elektron sxema mavjuddir. Bu sxema kontrolyor yoki adapter deb ataladi. Ayrim kontrolyorlar (masalan, disklarning kontrolyori) bir yo‘la bir nechta uskunalarni boshqarishlari mumkin.

2. Hamma kontrolyorlar va adapterlar mikroprotsessor va tezkor xotira bilan tizimiy shina orqali o‘zaro aloqa qiladilar (tizimiy shina uchta magistraldan tashkil topadi: manzillar, ma'lumotlar va boshqaruv magistrlari).

3.3-rasmda kompyuter tuzilishining umumlashtirilgan sxema (chizma)si ko‘rsatilgan. Klaviatura kontrolyori rasmdagidek o’rnatiladi. Chunki bu kompyuterni tayyorlashni soddalashtiradi. Ba'zan tizimiy platada boshqa uskunalarning ham kontrolyorlari joylashtiriladi.



Kompyuterlar tuzilishining umumlashgan chizmasi.



Download 16,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish