Mikro EHM
Bunday toifadagi kompyuterlardan ko‘plab korxonalar foydalana olish imkoniyatiga egadirlar. Mikro EHMdan foydalanuvchi tashkilotlar, odatda, hisoblash markazlari tuzilmaydilar. Bunday kompyuterlarga xizmat ko‘rsatishi uchun tarkibi bir nechta kishidan iborat bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan laboratoriya zarur bo‘ladi, xolos. Hisoblash laboratoriyasi tarkibiga, garchi ular dasturlar ishlab chiqish bilan shug’ullanmasalarda, albatta, dasturchilar kiradi. Zarur bo‘lgan tizimiy dasturlarni, odatda, mikro EHM bilan birga sotib oladilar, kerak bo‘lgan amaliy dasturlarni jamlab chiqishni esa yirik hisoblash markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga buyurtma beradilar.
Katta EHM larga solishtirganda unumdorligi uncha katta bo‘lmagan mikro EHMlar yirik hisoblash markazlarida ham keng qo‘llanilmoqda. U yerda ularga buning uchun qimmat turadigan superkompyuterlarni ishlatishdan ma'no yo‘q bo‘lgan yordamchi amallarni topshiradilar. Bunday vazifalarga, masalan, ma'lumotlarni oldindan tayyorlash kiradi.
Tayanch iboralari:
Magnit lentasi, display, CD-ROM, arxivlash, analog signallar, diapazon
Nazorat savollari:
1. Ma'lumot tashuvchilar nimalardan iborat?
2. Ma'lumotlarni fil'trlashni tushintirib bering?
3. Ma'lumotlarni himoyalash turlarini ayting?
4. Ma'lumotlarni saralashni tushintirib bering?
Topshiriqlar:
Internet tarmog’idan yangi malumotlarni olish.
Adabiyotlar:
Safarova T.S.. Informatika va axborot texnologiyalari. T.: O.M.E.D.N., 2006
Zakirov F. Informatika i informatsionnie texnologii Т.: Аloqachi, 2007
Аripov М.М. Informatika, informatsion texnologiyalar. Т.: ТDYUI, 2004
4.M.Aripov «İnformatika asoslari»,T. 2002y
5.A.Axmedov «İnformatika»,T. 2001y
6.U.Yuldashev «İnformatika»,T. 2002y
2 –Maruza:Tibbiyotda ishchi o‘rinlarini avtomatlashtirishda va tibbiy masalalarini
yechishda axborot texnologiyalari.
REJA:
1. Tarmoq tushunchasi va ma’lumotlarni o’zatish texnologiyalari.
2. Telemedisina asoslari.
Planetamizda tirik mavjudot paydo bo’lgandan boshlab, atrofni o’rab to’rgan muxit haqida ma’lumot olish muxim ahamiyatga ega bo’lgan. Bundan 40-50 yillar oldin axborot deganda asosan odamlar orasidagi ma’lumotlar almashinish tushunilgan.
Asta-sekin ilmiy texnika tarakkiyoti o’sib borishi bilan axborot jamiyat hayotida muxim rol o’ynab maxsulot ko’rinishini ola boshladi. Shuning uchun axborotni yangi maxsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan darajada qayta ishlash va undan unumli foydalanish muammoalari paydo bo’la boshladi. Buning uchun esa, keyingi vaqtlarda tabiatni o’rganish uchun har xil mashinalar, apparatlar, texnik jarayonlar yaratildi, hamda ma’lumotlarning ahamiyati ya’nada oshib, axborot atamasi paydo bo’ldi.
Bizning hozirgi kunda ishlatilayotgan axborot so’zi to’la ma’noda franso’z tilida ishlatiluvchi «informatiuquc» so’ziga to’la mos tushadi.
Oxirgi vaqtlarda axborot keng ma’noga ega bo’la boshladi. Masalan: biolog o’simliklarni o’rganadi. Bu holda biologik o’simlik hayoti haqida «axborot oldi» deb tushuniladi. Yoki issiq narsaga qo’lni yaqinlashtirsak, predmetning yuqori temperaturasi haqida inson miyasi axborot oladi. Har kanday maxsulotda bo’lgani kabi axborotning ham o’z manbasi va iste’molchilari mavjud.
Axborot manbasi-planetalar, yulduzlar, odamlar, jonivorlar, mashinalar, apparatlar, texnologik jarayonlar va shu kabilardir.
Axborot istemolchilari-odamlar, xaydovchilar, o’simliklar va har xil pribor va apparatlardir.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda axborot deganda mumkin bo’lgan obyektlar, xodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar to’plami tushuniladi.
Axborot manbasi va iste’molchilarning turli-tuman bo’lganligi uchun ularni har-xil, ya’ni belgilar, matnlar va grafiklar shaklda yozishga to’g’ri keladi.
Belgilar shaklida harflar, sonlar, belgilar va asosan murakkab bo’lmagan obyektlar haqidagi oddiy axborotlarni yozishda foydalaniladi.
Axborotlarni yozishning murakkab shakli-bu axborotlarni matn shaklida yozishdir.
Bunda axborotlar belgilarning o’zaro qoidalariga qarab yoziladi. Masalan: «Tok» so’zi harflarini teskari joylashtirsak, «Kot» so’zi xosil bo’lib ma’nosi umuman o’zgarib ketadi. Bu shakl (asosan matbuotda) juda ko’p ishlatiladi.
Eng murakkab shakllardan biri - axborotlarni grafik shaklda berishdir. Bu shaklga fotografiyalar, chizmalar, sxemalar, rasmlar va shu kabilar kiradi va ular juda muxim axborotlarni o’z ichiga oladi.
Axborot bu moddiy narsa emas, shuning uchun uni o’zatadigan va saqlaydigan moddiy obe’ktlar kerak bo’ladi. Bunday obe’ktlar juda ko’p bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardir.
Axborotlarni o’zatishda: xavo, suv, elektr toki, efir, rentgen nuri, yorug’lik nuri va xokazolar.
Axborotlarni saqlashda: qog’oz, yog’och, temir, kremni, plastmassa va xokazolar.
Axborotlar turli ko’rinishlarda (belgilar, matnlar, tasvirlar) berilishi mumkin. Shuning uchun uning miqdorini aniqlash uchun yagona ko’rinishga, ya’ni yagona standart ko’rinishga keltirish kerak. Bundan standart ko’rinish ularning ikkilik shaklda tasvirlashdir. Bu usulda har qanday axborot ikkita belgining ketma-ketligida ifodalanadi. Qo’laylik uchun bu ikkita belgi sifatida 0 va 1 olingan.
Oddiy kilib aytganda «ha» va «yo’q» javoblarini mos ravishda «1» va «0» deb ifodalash mumkin.
Bu eng kichik axborot birligi bo’lib bit deb aytiladi.
Demak, axborotlar hajmi bitda aniqlanadi. Shuningdek javoblar ketma-ketligini 0 va 1 larni ketma-ketligi orqali ifodalash mumkin.
Kodlashtirishda turli razryadli kodlashtirishdan foydala niladi. Masalan: Bir razryadli: 0,1;
Ikki razryadli: 00,01,10,11;
Uch razryadli: 000,001,010,011,100,101,110,111
Demak, har bir razryad oshganda oldingisiga nisbatan qiymatlar soni ikki marta oshadi.
Barcha harf va belgilarni kodlashtirish uchun esa,8 razryadli kodlashtirishdan foydalaniladi. Masalan:
L A V
11001110 11000001 11000010
Demak, har bir harf 8 bitdan iborat, 8 bitga 1 bayt deyiladi. Katta hajmdagi axborotlar hajmini ifodalashda quyidagi o’lchov birliklaridan foydalaniladi:
1 kilobayt=210 bayt= 1024 bayt
1 megabayt=210 kilobayt=1024 kilobayt
1 gigabayt=210 megabayt=1024 megabayt
Informatikaning inson faoliyatining mustaqil soxasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq.
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni ko’llash va ijtimoiy amaliyotning turli soxalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyixalash, yaratish, baxolash, ishlashning turli jixatlarini o’rganuvchi kompleks ilmiy va muxandislik fani soxasidir.
Informatika va kibernetika tushunchalarida ko’pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o’xshashligi va farqini tushuntirishga harakat kilamiz.
N. Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli soalarida murakkab dinamik tizimlarni boshkarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog’liq. Kibernetika kompyuterlar mavjudligi yoki yo’qligidan qattiy nazar mavjuddir.
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli obyektlarni boshqarish vazifalarini amaliy xal etmay, o’zgartirish va barpo etish jarayonlarini o’rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan soxasi, degan tasavvur xosil bo’lishi mumkin. Birok, boshqa jixatdan informatika kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubxasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Kibernetika va informatika tashkiliy jixatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin:
• informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;
• kibernetika esa - obyektlar modellarining konsepsiyalari ni ishlab chiqish va uni qurishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jixatidan farqlanadi.
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir.
Informatika amaliy fan soxasi sifatida quyidagilar bilan shug’ullanadi
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborot larni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli soxalarida kommunikasion - axborot modellarini yaratish;
v) aniq bir soxalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va xokazolarni loyixalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydala nishni ishlab chiqishdir.
Axborot haqida aniq bir tarif yo’q.
Lekin unga quyidagicha tarif berish mumkin: bizni o’rab to’rgan dunyo, tabiat va jamiyatdagi voqyeyalar, xodisalar va jarayonlar haqidagi xabarlarning to’plami axborotdir.
Informatika fani axborotlarning xususiyatlarini, axborotlarning berilish usullarini o’rganuvchi va axborotlarni to’plash, jamlash, saqlash, qayta ishlash, texnik va dasturiy vositalar yordamida o’zatish qonun, qoyidalarni o’rganadi.
Shaxsiy kompyuterlar 1995 yildan so’ng Internet gurkirab rivojlanib ketgani munosabati bilan juda mashhur bo‘lib, ommaviylashib keta boshladilar. Butunjahon tizimidan ilmiy, o‘quv, madaniy ma'lumot va ko’ngilochar axborot manbai sifatida foydalanish uchun shaxsiy kompyuterning o‘zi yetarlidir, shaxsiy kompyuterlar, shuningdek, istalgan fan bo‘yicha o’qitish jarayonini avtomatlashtirish, masofadan turib (sirtdan) o’qitish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni uyushtirishning ham qulay vositalaridir. Ular faqat ishlab chiqarish vositalari emas, balki ijtimoiy munosabatlarga ham katta hissa qo‘shadilar. Ularni ko‘pincha mehnat faoliyatini tashkil qilish uchun ishlatadilar. Bu ishsizlik sharoitida muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi vaqtlargacha shaxsiy kompyuterlarning modellarini (rusumlarini) shartli ravishda ikki toifaga: maishiy ShK va professional ShKlarga bo‘lganlar. Maishiy rusumdagilar, odatda, past unumdorlikka ega bo‘lganlar, lekin ularda rangli grafika va ovoz kiritish uchun alohida choralar ko‘rilgan, professional modellar uchun bu talab qilinmaydi.
Keyingi yillarda hisoblash texnikasi vositalarining keskin arzonlashganligiga erishilgani munosabati bilan professional va maishiy kompyuterlar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada kamaydi va bugun maishiy kompyuterlar sifatida yuqori unumdorlikka ega professional rusumdagi kompyuterlardan foydalanilmoqda, professional rusumdagilarni esa, o‘z navbatida, ilgari maishiy uskunalargagina xos bo‘lgan mul'timediya axborotlarni qayta ishlovchi qurilmalar bilan to’ldirilmoqda. Mul'timediya atamasi ostida bitta hujjatda bir necha xildagi ma'lumotlar (matn, grafika, musiqiy va videoma'lumotlar)ni birlashtirish yoki bu majmua ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskunalarning yig’indisi (to‘plami) tushuniladi.
1999 yildan boshlab, shaxsiy kompyuterlar sohasida PC-99 xalqaro sertifikatsiyalash standartiga amal qilina boshladi. U shaxsiy kompyuterlarni tasniflash tamoyillarini tartibga soladi (reglamentlashtiradi) va har bir toifaga qo‘yiladigan va tavsiya etiladigan minimal talablarni belgilab beradi. Yangi standart shaxsiy kompyuterlarning quyidagi toifalarini belgilagan:
• Consumer PC (ommaviy ShK);
• Office PC (ishchi ShK);
• Mobice PC (portativ ShK);
• Work Station PC (ishchi stansiya);
• Entertainment PC (ko’ngilochar ShK).
PC-99 ixtisoslashtirilishi bo‘yicha hozirgi vaqtda bozorga chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligi ommaviy
ShK lar toifasiga kiradilar. Ishchi shaxsiy kompyuterlari uchun grafikani qayta tiklash vositalariga qo’shiladigan talab minimallashtirilgan, tovush ma'lumotlari bilan ishlovchi vositalarga esa umuman hech qanday talab qo’yilmaydi. Portativ shaxsiy kompyuterlar uchun yo‘llash uzoqlashtirilgan ob'ektlar bilan ulanishni ta'minlash vositalari, ya'ni kompyuter aloqasi vositalarining mavjudligi majburiy talabdir. Ishchi stansiyalari toifasida ma'lumotlarni saqlash usullariga, ko’ngilochar ShKlar toifasida esa grafika va ovoz bilan ishlash vositalariga talablar kuchaytirilgan.
Tayanch iboralari:
Do'stlaringiz bilan baham: |