4- laboratoriya mashg‘uloti
Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir sistemasiga
ta’sirini aniqlash
Z a r u r a s b o b v a ji h o z l a r :
sekundomerli soat, fonendoskop,
sfigmomanometr yoki tonometr.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1.
2—3 o‘quvchi 5 minut partada tinch
o‘tirganlaridan so‘ng pulslari
sanaladi va arterial bosimi o‘lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga
har bir o‘quvchining familiyasi qarshisiga yozib qo‘yiladi.
2.
O‘quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar.
(30 s davomida 20 marta o‘tirib-turish.)
3.
Mashq tugashi bilanoq, pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o‘lchanadi.
Olingan natija doskaga — tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo‘yiladi.
4.
Uch minut dam olgandan keyin puls va qon bosimini takror
o‘lchab, doskaga yozib qo‘yiladi. Bu natija tinch holatdagi natijaga tenglashishi
kerak. Agar tenglashmasa, mazkur o‘quvchining yurak-qon tomir sistemasi
chiniqmaganligini ko‘rsatadi.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |