Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir
sistemasiga zararli ta’siri.
Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo)
va spirtli ichimliklar iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar
odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va organlariga,
jumladan, yurak-qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko‘rsatib,
ateroskleroz, giðertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak
infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og‘ir xastaliklar yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Òamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli
kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin,
karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt,
qo‘rg‘oshin, margimush kabilar yurak-qon tomir sistemasiga
zaharli ta’sir ko‘rsatib, odamning sog‘lig‘ini yomonlashtiradi, ish
qobiliyatini pasaytiradi.
1.
Atmosfera bosimi va havo harorati o‘zgarishi yurak-qon tomir
faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2.
Spirtli ichimliklar va chekish yurak-qon tomir sistemasiga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |