127
maslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning o‘z tengilariga
qo‘shilishiga
xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi.
Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning
har qanday istaklarini bajo
keltirish, o‘rinsiz maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham
nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z shaxsiga bino qo‘ygan, lekin
irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, injiq bo‘lib o‘sadi.
Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri
tarbiya-
lash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shug‘ul-
lanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qo‘shib
olib borish,
mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: