Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Suv va mineral tuzlar almashinuvi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/204
Sana01.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#297029
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204
Bog'liq
2 5192718471359628566

Suv va mineral tuzlar almashinuvi.
 Suv odam organizmi barcha
hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Katta yoshdagi
odamlar tanasining 50—60% ini suv tashkil qiladi, yoshlarning
tanasidagi suv nisbati esa bundan ko‘proq bo‘ladi.
Suv moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Agar odam
mutlaqo ovqat iste’mol qilmasa, lekin suvni me’yorida iste’mol
qilsa, u 40—45 kungacha (uning tana massasi 40% kamayguncha)
yashashi mumkin. Aksincha, ovqat me’yorida bo‘lib, suv iste’mol
qilinmasa, tana massasi 20—22% kamaysa, odam  bir haftaga yetar-
yetmas halok bo‘lishi mumkin.
Suv ovqat tarkibida va ichimlik sifatida iste’mol qilinadi. Me’da va
ichaklardan qonga so‘rilgan suv hujayra va to‘qimalarda moddalar
almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, uning asosiy qismi nafas chiqarish,
terlash va siydik bilan tashqariga ajratiladi. Katta odamlar orga-
nizmining bir kecha-kunduzdagi suvga ehtiyoji 2—3 l ni tashkil etadi.
O‘zbekistonning issiq yoz faslida terlash va nafas chiqarish
orqali organizm ko‘p suv yo‘qotadi. Shuning uchun chanqoqlik
yuzaga kelib, og‘iz quruqlashganda suvni ko‘p iste’mol qilavermas-
dan, og‘izni tez-tez chayib turilsa, ayniqsa, nordon suv (limonli
suv, mineral suv) bilan, chanqoqlik bosiladi.
Mineral tuzlar
 odam tanasining barcha hujayra va to‘qimalari
tarkibida bo‘ladi. Ular ikkiga: 
makroelementlar 
va 
mikroelement-
larga
 bo‘linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor,


78
kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa, suyaklar tarkibida
ko‘p miqdorda bo‘ladi. Mikroelementlarga rux, marganes, kobalt,
mis, aluminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar
tarkibida oz miqdorda bo‘ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa, hujayra-
larning qo‘zg‘alish jarayonida muhim o‘rin tutadi.

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish