Assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari.
Moddalar alma-
shinuvi assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlarining birligidir.
Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning
hujayralar tomonidan o‘zgartirilishi, ya’ni oddiyroq kimyoviy
moddalardan murakkabroq kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi
assimilatsiya deyiladi (
assimulo
—o‘xshataman). Bu jarayon
natijasida hujayralar ko‘payadi, ayniqsa yosh organizmning o‘sishi
va rivojlanishi ta’minlanadi.
Hujayralar tuzilmasi, jumladan, oqsil birikmalar tarkibiga
kiradigan moddalarning parchalanishi, yemirilishi dissimilatsiya
deyiladi (
dissimulo
—o‘xshamaydigan qilaman).
Do'stlaringiz bilan baham: |