65
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula, ya’ni
zanglamaydigan
metalldan yasalgan naycha o‘rnatish usulini qo‘lladi (38- rasm).
I. P. Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish usulini yuqori
darajada takomillashtirdi. U me’da shirasini
toza holda olish maqsadida
soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula o‘rnatdi
va unga ovqat tushib
shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib, uning ikkala
uchini itning bo‘ynidan
tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo‘ydi.
Natijada it ovqatlanganda uning og‘iz bo‘shlig‘idagi ta’m biluvchi
retseptorlar orqali miyaning
ovqatlanish nerv markazlari
qo‘zg‘alib, refleks yo‘li bilan me’dadan ajralgan shira fistula orqali
idishga yig‘ib olinadi.
Uning tarkibi, miqdori o‘rganiladi. Ovqat
qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqadi, ya’ni u me’daga tushmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: