155
Maktabgacha tarbiya yoshi davri.
Bola 2
yoshligida jismoniy
va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og‘irligi
har oyda
200—250 g dan ortib boradi, bo‘yi 1 sm dan o‘sadi. Uch
yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2—2,8 kg, bo‘yi 7—8 sm
ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-
yosh oxirida so‘z boyligi 1000—1200 taga yetadi. 2—3
yoshdagi
bolalarning xarakterli xususiyati shundaki,
ular juda harakat-
chan, tinib-tinchimas bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalarda
shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar,
kattalar
iste’mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez
uchrab turadi. Shu tufayli bu
yoshda ularni bir daqiqa ham
qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4—5 yoshli bolalarning og‘irligi har yili 1,5—2 kg ga
ortadi, bo‘yining o‘sishi 4—6 sm ni tashkil etadi; 6—7
yoshda
bo‘yining o‘sishi tezlashib, bir yilda 8—10
sm ga yetadi,
massasi 2,5 kg ga ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: