Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Urug‘lanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi? 2



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/204
Sana01.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#297029
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204
Bog'liq
2 5192718471359628566

1. 
Urug‘lanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
2.
Homila qanday rivojlanadi?
3.
Amnion suyuqligi qanday ahamiyatga ega?
4.
Embrion qavatlarini ayting.
54- §. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi
Odam tug‘ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o‘smirlik
davri hisoblanadi. Buning o‘zi bir necha davrga: chaqaloqlik davri
(tug‘ilganidan — 1 oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan —
1 yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoshi (2—6 yosh); kichik maktab
82- rasm. Ona qornidagi
yetti oylik homila.
Bo‘yining uzunligi 35 sm,
tanasining vazni 1000 — 1300 g
atrofida bo‘ladi.


153
yoshi (7—11 yosh); o‘rta maktab yoshi (12—14 yosh); katta maktab
yoshi (15—18 yosh) ga bo‘linadi. 12—18 yosh o‘smirlik davridir.
Chaqaloqlik davri.
 Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisob-
lanadi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo‘lib,
u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish
qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga
ko‘ra, chaqaloq 40 kunlik bo‘lguncha
 chilla davri
 deb ataladi. Bu
davrda ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida
ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi
kesilgandan keyin uning o‘rni bitgunicha (8—12 kun) jarohatni
toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik
yarasiga brilyant yashili surtib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo‘lganligi uchun uni
nihoyatda toza saqlash kerak. Yo‘rgaklari toza, dazmollangan
bo‘lishi, parvarish qiluvchi kishi qo‘lini sovunlab yuvib turishi va
og‘iz-burniga to‘rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli
uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. U onasini
emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut
aralashmalari beriladi.
Emadigan davri.
 Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi.
Bola o‘sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv
sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik
bolada ko‘rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni
u o‘yinchoq qimirlagan tomonga ko‘z soqqasini harakatlantiradi.
Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi,
qo‘llari bilan o‘yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka
qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.
Besh oylik bola o‘ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi,
qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o‘tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni
ushlab o‘rnidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so‘zlarni ayta
boshlaydi va qo‘lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o‘zi yura boshlaydi
va 10—12 ta so‘zni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut
tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6—7 oylikda
chiqa boshlaydi va 1 yoshga to‘lganida 8 ta sut tishi bo‘lishi kerak.
Bola  boshining  ensa va  tepa  suyaklari  o‘rtasida 
 kichik  liqildoq


154
(bo‘sh joy), peshana va tepa suyaklari o‘rtasida 
katta liqildoq
 bo‘ladi.
Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot
qilish kerak (83-rasm).
D vitamini yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi,
liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi.
Suyaklar yumshab egiluvchan bo‘lib qoladi.
Chaqaloqning umurtqa pog‘onasi tekis bo‘ladi, ya’ni unda
fiziologik egriliklar bo‘lmaydi. U 8—10 haftalik bo‘lganda, boshini
tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida oldinga
egilish hosil bo‘ladi. Bola 5 oyligida o‘tira boshlaydi va uning umurtqa
pog‘onasi ko‘krak qismida orqaga egilma hosil bo‘ladi. Bir yoshga
kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon
egilma hosil bo‘ladi (84- rasm).

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish