10-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi va mazkur shaxslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish, ularni ishga joylashtirish, ularga vaqtinchalik turar joy berishni o‘z ichiga oladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |