Odam hayotining davrlarga bo’linishi


Bolalarda harakat faolligining rivojlanishi



Download 30,05 Kb.
bet6/7
Sana24.06.2022
Hajmi30,05 Kb.
#699650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fiziologiya Mustaqil ish

Bolalarda harakat faolligining rivojlanishi
Harakat faolligi bolalar uchun fiziologik ehtiyoj bo’lib, jismoniy tarbiya, sport mashg’ulotlarida katta rol o’ynaydi. Bola harakat faolligining rivojlanganligi harakat apparatining rivojlanganligidan darak beradi.
Yurish - skelet, tana va qo’l-oyoq muskullarining murakkab koordinasiyalangan faoliyati natijasida odam yuradi. Bu koordinasiya bolada sekin-asta, bir yoshdan boshlab, keyinchalik avtomatlashib qoladi.
Yurish - normal odamning yurishi aniqligi va harakatlarning doimiyligi bilan farqlanadi, bu uyg’unlikning avtomatlashganini ko’rsatadi. Yurish vaqtida har bir oyoq navbati bilan goh yerga tayanadi (tayanish vaqti), goh oldinga tashlanadi. Bir oyoqning tayangan holatida ikkinchi oyoq suriladi (surilida vaqti). Oyoqning surilish vaqtiga nis­batan tayanish muddati uzoq bo’ladi, shuning uchun qandaydir vaqt ichida har ikkala oyoq tayangan holatda bo’ladi.
Qadam tashlashda oyoqning yerga qo’yilishi avval tovondan boshlanib, keyin u oyoq kafti uchiga o’ta boshlaydi. Hali bir oyoq uchi yerdan uzilmasidan ikkinchi oyoq tovoni yerga tegadi. Yuqorida ko’rsatilganidek, yana tayanch kuchi endi bu oyoq tovonidan asta-sekin oyoq uchi tomon su­riladi. Shunday qilib oyoqlarnnng ketma-ket surilishi - yurisha harakati yuzaga keladi. Har bir oyoqning bir joydan ikkinchi joyga ko’chish organizmning bir joydan ikkinchi joyga surilishini ta’minlaydi. Gavda surilishi asosan tovon va oyoq uchini yerga tayanish vaqtida yuzaga kelgan turtki kuchi asosida yuzaga keladi. Oyoqlarning surilishi boldir son va ton muskullarining ma’lum tartibi bilan qisqarishi orqali ta’minlanadi. Shuni ko’rsatib kerakki, yurish faqat muskullar ishi orqali yuzaga kelmay, unda yerning tortish kuchi va inersiya ham ishtirok etadi.
Yurish vaqtida odam qatnashadi: o’ng oyoq oldinga uzatiladi, o’ng qo’l orqaga harakatlanadi, chap qo’l esa oldinga uzatiladi. Chap oyoq oldinga uzatilganda esa, chap qo’l orqaga qarab, o’ng qo’l oldinga qarab harakatlanadi. Ya’ni odam yurganda, qo’l-oyoqlari qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Odam muskullarning ketma-ket kirishini va qisqarishlarining aniq koordinasiyasini markaziy asab sistemasi va asosan bosh miya yarim sharlari po’stlog’i ta’minlaydi. Yosh ortishi bilan yurish turg’unlama boradi, qadam tazlash uzunligi ortadi; 4 yoshli bolaning qadamlari oralig’i 40.5 sm, 7 yoshlida – 53,0 sm, 15 yilida - 71.7 sm na tashkil etadi. Qadam tashlash tezligi va gavda tebranishi kamayadi. 3-4 yoshli bolaning yurishi yugurishidan farqlanishi muikin. 8-10 yoshlilarda qadam tashlash uzunligi bilan harakat tezligi orasidagi bog’lanish kattalardagiga o’xshash bo’ladi.


Yugurish - yugurishning farqi yugurishda har ikkala oyoqning yerdan ko’tarilgan vaqti - uchish fazasi bo’lishidir. Yugurishda yerdan ko’tarilgan oyoq hali yerga qo’yilmasdan oldin ikkinchi oyoq ham yerdan uziladi. Yugurishda gavdaning tik chiziq bo’ylab tebranishi yurishdagiga nisbatan kuchli bo’ladi. Yugurishda oyoqning tizza, bo’g’imida bukilishi tezlashib oyoq tovoni dumbaga yaqinlashadi. Bunday harakatdan tizza bo’g’imini yozuvchi muskullari bukuvchilardan kuchli ishlaydi. Chunki oyoqning yerga depsinishi oqibatida oyoq kaftining ko’tarilishi tovonni kishi dumbasiga tegishiga olib keladi. Bu jarayon yuzaga kelmasligi uchun tizza bo’g’imini yozuvchi muskullar oyoqning ko’tarilishi kuchini tormozlaydi va tovonni dumbaga urilishiga yo’l qo’ymaydi. Yugurishning qismlari ikki yoshdan boshlanadi va takomillashib boradi. Yugurishning tezlashib borishi yugurishda uchiv fazasining orta boshlashi tayanish fazasining kamayishi hisobiga bo’ladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha uchish fazasi ikki martadan ortiq ko’payadi. Qadam tashlash uzunligining kattalashishi yugurish tezligining ortishini ta’minlaydi. 7 yoshli bolalar yugurishning yuqori tezligi bir soniyada 4.55 m, 12-13 yoshlilar 5.78 m, 15-16 yoshlilar 7.59 m ni tashkil etadi. Yigitlar qizlarga nisbatan tezroq yuguradilar.



Download 30,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish