Odam ginetikasining xususiyati. Ginetika bosqichlari


Mutagenlar va ularning asorati bilan tabiatning



Download 123,5 Kb.
bet12/12
Sana12.06.2022
Hajmi123,5 Kb.
#656992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Irsiyat va irsiy kasalliklarr

Mutagenlar va ularning asorati bilan tabiatning
Ifloslanishi
Jamiyatda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishda, qishloq xo’jaligi va maishiy xizmatlarda keng ko’lamda kimyoviy vositalardan, radiaktiv moddalardan qo’llanilishi odam salomatligiga zarar keltiradi. Atom energoyasi borgan sari ko’p ishlatilmoqda, shuning uchun tashqi muhitda mutagen omillarini yig’ilishini oldini olish uchun nazorat o’tkazish kerak. Radiatsiya bo’yicha BMT ilmiy qo’mitasi aniqladiki, tabiiy mutatsiya sonini 2 marta oshiruvchi rentgen va gamma-nurlar odam uchun 50-150P (129-387-10-4 Kl/kg). Bundan ko’rinib turibdiki, nazoratsiz atrof-muhitni radiaktiv fonini oshirish, atom qurolini nafaqat qo’llash, balki tekshirish ham juda xavflidir.
Odam zoti 1961 yildan 1971 yilgacha AQSHning Ventnamga qarshi kimyoviy urushidan keyin og’ir mutagen asoratlarining shohidi bo’ldi. Xromosom mutatsiyalar urushdan keyingi ikkita 10 yillik ichida nafaqat vantnam, balki hindi-xitoy kimyoviy uchishlar zonasida bo’lgan AQSH veteranlarining farzandlarida ham kuzatiladi.


Jismoniy mashqlar va gen
Uzoq vaqtlar bu muammo odamning jismoniy yuklamalarga va sport natijalariga moyilligi nuqtai nazaridan qaralib keldi. Shuning bilan birga prof. B.Saltin boshchiligida Daniya olimlarining tekshiruv natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, jismoniy mashqlarning maxsus genlar funksiyasini oshiruvchi ta’siri bor ekan. Uning ma’ruzasida keniya va Skandinaviya mamlakatlarining yuqori malakali yuguruvchilarini tayyorlashda sportchilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, skelet mushaklaridagi miofibrial tarkibiga metabolik jarayonining ta’siri yoritilgan. Angiontenzim aylantiruvchi ferment (AAF) geni misolida bioximik va fiziologik yuklamalarni o’zgarishi maxsus genlarni polimorfizmidagi funksional ahamiyati ko’rsatilgan. Boshqa tomondan esa, sportchilarni tayyorgarligiga qo’llanilagidan maxsus mashqlar, ularning intensivligi va bajarish vaqti hujayraichi tizimi bo’yicha signallar yordamida maxsus genlar ekspressiyasini stimullaydi, tuzilma va regulyator oqsillar sintezini kuchaytiradi. Bu prinsipal yangi holat Keniyaning yuqori malakali yuguruvchilarining 68% birinchi turdagi mushak tolalariga esa muskullari miofibrial tarkibini aniqlash bilan isbotlandi, ayni vaqtda mamlakat aholisining umumiy populyatsiyasida bu ko’rsatkich 48% ni tashkil etadi.
AQSHning molekulyar genetiklarining so’ngi yillardagi o’tkazgan tadqiqotlariga bag’ishlangan ma’ruzasi katta olqishlarga sabab bo’ldi. Bunda odam genomini shifrlarga ajratilishi, yangi molekulyar-biologik usullar texnologiyasi eng katta dunyoviy ahamiyatga ega proyektni tadbiq etishda qo’llaniladi. K. Bocharning ma’ruzasi, alohida genlarning polimorfizmini aniqlash, genlar tuzilishidagi bitta yoki bir nechta nukleotidlarni o’zgarishini aniqlash, bunday genlarning struktur va regulyator oqsil, ferment, retseptorlar, o’sish faktorlar va garmonlar bilan bog’liqligini aniqlash muammolariga bag’ishlangan. Lekin odam genetik xaritasini ko’rgazmasi eng kutilmagan va olamshumul voqea bo’ldi, bunda sport faoliyatiga moyil genlar va jismoniy mashqlar bajarishda, sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan metabolizm regulyatsiyasi qatnashuvchi genlar aks ettirilgan. Bunday 40dan ortiq genlarni turli xromosomalardagi lokalizatsiysi ko’rsatildi. Jismoniy faoliyat va alohida genlar bog’liqligini ko’rsatuvchi odam genomi xaritasi turli mamlakat olimlarining izlanishlari natijasida bo’lib hisoblanadi, deb ta’kidladi prof. K.Bochar, bu xarita zamonaviy izlanishlar mahsuloti bilan yangilanib boradi. Bunday analiz AQSHning Pentagon markazida o’tkaziladi va uning muallifi doklad paytida Evropada yashovchi hamma molekulyar biologlari birgalikda faoliyat yuritishga chaqirdi, shu vaqtning o’zida AQSH olimlarining ma’lumoti internet orqali markaz saytlarida bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Yuqorida ta’kidlangan muammolar ichida shu yo’nalishdagi ikkita germaniya laboratoriyasida olingan AAF genini jismoniy faoliyat bilan bog’liqligi kontrast natijalarini alohida ta’kidlab o’tish kerak. V. Wolfarthning ko’rsatmalariga asosan, biatlonistlar va kurashchi sportchilar AAF geni genotiplarida farq kuzatilmadi.
Turli yoshdagi egizaklarni genetik testdan o’tish natijalari va ularning jismoniy faoliyati bilan bog’liqligi natijalari Italiya olimi, Evropa kolleji prezidenti, prof. R. Pariji boshchiligidagi italiyalik olimlarining tekshiruvlari katta ilmiy ahamiyatga ega.

Adabiyotlar.



  1. Nishonboyev K.N., Xamrayeva F.A., Eshonqulov O.E. Tibbiyot genetikasi. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 2000.

  2. Safarova D.D., Gulyamov N.G. Valeologiya muammolari. Qarindosh orasidagi nikohlar. T. “Fan-sportga” 2006, №2.

  3. Slyusarev A.A. Biologiya va genetika asoslari. M., Meditsina, 1978

  4. Tegako L., Kmetinskiy E. Antropologiya. M. Novoye znaniye, 2004.

Download 123,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish