Imom Buxoriy
Imom Buxoriyning asl ismi nima?
A) Ahmad B) Muhammad
C) Mahmud D) Ismoil
Hadis kimning so’zlari hisoblanadi?
A) Ollohning B) payg’ambarimizning
C) sahobalarning C) roviylarning
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xulqiy sifatlari … hisoblanadi.
A) farz B) sunnat
C) sanad D) ko’rsatmma
Allohning sevgan bandasining diliga solgan ilohiy so‘zlari nima deyiladi?
A) hadis B) musnad
C) vahiy D) sanad
Payg’ambarimiz so’zlari – hadislar kimlardan yig’ilgan?
A) muhaddislardan B) payg’ambarimizdan
C) roviylardan D) imomlardan
Yosh Buxoriyning onasi tushida qaysi payg‘ambarni ko‘radi va u qanday bashorat beradi?
A) Muhammad s.a.v.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
B) Ismoil a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati berilishini
C) Ibrohim a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati berilishini
D) Yusuf a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
A) 3 ta: matn, sanad, musnad
B) 2 ta: sanad, musnad
C) 2 ta: matn, roviy
D) 2 ta: sanad, matn
Muhaddis kim?
A) «ma’lumot beruvchi», «hadis biluvchi»
B) «rivoyat qiluvchi», «hadis aytuvchi»
C) «hadis to‘plovchi», «hadis biluvchi»
D) «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi»
Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab boruvchi kim?
A) mulla B) imom
C) muhaddis D) roviy
Hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan kimlar shug‘ullanadi?
A) tobeinlar B) roviylar
C) sahobalar D) hadisshunoslar
Imom Buxoriy «Al-jome’ as-sahih» kitobi ustida necha yil ishlagan va qancha hadis ichidan nechta hadisni saralab olgan?
A) 10 yil, 600 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
B) 12 yil, 800 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
C) 14 yil, 800 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
D) 16 yil, 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari kimlar hisoblanadi?
A) muhaddislar B) tobeinlar
C) sahobalar D) roviylar
Roviylar ikki xil bo‘lgan:
A) muhaddislar, sahobalar
B) sahobalar, tobeinlar
C) muhaddislar, tobeinlar
D) tobeinlar, hadisshunoslar
Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati nima deyiladi?
A) matn B) hadis
C) sanad D) musnad
Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan?
A) islom dini paydo bo‘lgandan
B) payg‘ambarimiz yashagan davrdan
C) sahobalar davridan
D) Imom Buxoriy davridan
Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilar kimlar?
A) roviylar B) tobeinlar
C) imomlar D) muhaddislar
Buxoriyning otasi kim?
A) Ahmad al-Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Imom Buxoriy
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Imom Buxoriyning otasi … edi, goho … bilan shug‘ullanardi».
A) muhaddis, tabiblik B) xudojo‘y, savdogar
C) muhaddis, tijorat D) savdogar, tijorat
«Qur’on» xalq orasida qanday nom bilan mashhur?
A) «Kalomulloh» B) «Tafsir»
C) «Tafsiri Hilol» D) «Muqaddas kitob»
Imom Buxoriy necha yoshlaridan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustozlarini shoshirib qo‘yardi?
A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan
C) o‘n yoshlaridan D) o‘n olti yoshlaridan
Imom Buxoriy qanday unvonlarga ega bo‘lgan?
A) «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni»
B) «muhaddislar sultoni», «muhaddislar donosi»
C) «muhaddislar donosi», «muhaddislar imomi»
D) «muhaddislar podshosi», «muhaddislar sultoni»
Al-Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», – degan gaplarni aytgan?
A) Qo‘qon xoni Nasrulloning
B) Qo‘qon xoni Xudoyorxonning
C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xoliqning
D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning
Hadisning mazmuni nima deyiladi?
A) hadis sanadi B) hadis musnadi
C) hadis matni D) hadis mohiyati
Imom al-Buxoriyning onasi tushiga kirib: «Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!», – deb xitob qilgan payg‘ambar kim?
A) Muhammad alayhissalom
B) Ibrohim alayhissalom
C) Yusuf alayhissalom
D) Muso alayhissalom
Imom al-Buxoriy qancha ishonchli ulamodan hadis yozib olgan?
A) olti yuzdan ortiq B) yuzdan ortiq
C) mingdan ortiq D) ikki yuzga yaqin 23.
Imom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan?
A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq
C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin
Hadislarda qanday odat ochlarga taom berganlik bilan teng qo’yiladi?
A) sadaqa berish B) ilm berish
C) salom berish D) zakot berish
Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim? «Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur».
A) Ammor, muhaddis
B) Abdulloh ibn Amr, sahoba
C) Abu Hurayra, sahoba
D) Anas ibn Molik, sahoba
Alloh taolo oyati karimasida insonlar orasida ikki toifadagilarni “bu dunyoda yaraqlab, martabasini ulug’ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir…” deyilgan. Ular kimlar?
A) yetimni boshini silaganlar, zakot berganlar
B) imon keltirganlar, qarindoshlariga mehr-oqibatli bo’lganlar
C) ilmni yuksaltirganlar, imon keltirganlar
D) namoz o’qiganlar, ilmni yuksaltirganlar
Imom Buxoriy hadislarida nima ko’p yog’gan yomg’irga o’xshatiladi?
A) imon B) ilm
C) saxovat D) savob
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, «Salom berish islom amallaridandir» hadisida uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lishi kimning tilidan aytiladi?
A) Ali B) Sahl ibn Sa’d
C) Ammor ibn Yosir D) Abu Hurayra
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Ammor ibn Yosir kim?
A) Alining yordamchilaridan, sahoba
B) Hazrat Usmonning yordamchilaridan, sahoba
C) Muhammad alayhissalomning yordamchilaridan
D) Abubakrning yordamchilaridan, sahoba
Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» …
A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».
B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom bermoq».
C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».
D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».
Hadisni to‘ldiring. «Birovni kurashib, yiqitgan polvon emas, balkim ... polvondir».
A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam
B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam
D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi va yana kimlarni yaxshi ko‘radi?
1) odamlarning gunohlarini o‘tuvchilarni;
2) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
3) g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni;
4) yetimning kafilini oluvchilarni;
5) g‘azabini yutuvchilarni;
6) gunohi azimlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
7) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan?
A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni
D) yetimning kafilini olgan odamni
Al-Buxoriy hadislarida keltirilgan «qavl» so‘zining ma’nosi nima?
A) gap B) so‘z C) naql D) va’da
Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi?
A) unumdor yerlarga, mo‘min
B) qurg‘oq yer, fosiq
C) tekis yer, kofir
D) unumdor yer, fosiq
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani (ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi?
A) ulamo, unumdor yerga
B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga
C) kofir, qurg‘oq yerga
D) mo‘min, unumdor yerga
Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim? «Avval onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ngra otangga yaxshilik qil!»
A) sahoba Ammor, muhaddis
B) Yosir ibn Ammor, sahoba
C) Abu Hurayra, sahoba
D) Sahl ibn Sa’d, sahoba
Hadislarda aytilishicha, qaysi xislatlarni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi?
1) Insofli va adolatli bo‘lmoq.
2) Barchaga sadaqa bermoq.
3) Kambag‘allikda ham sadaqa berib turmoq.
4) Ochlarga taom bermoq.
5) Barchaga salom bermoq.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5
C) 1, 3, 5 D) l, 2, 4 3
Quyidagi hadis roviysini toping. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Alloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqaradi!»
A) Sahoba Ammor B) Ammor ibn Yosir
C) Abu Muso D) Abu Hurayra
Imom Buxoriy hadislarida keltirilgan «riyo» nima?
A) tovlamachilik B) ikkiyuzlamachilik
C) firibgarlik D) yolg‘onchilik
Hadislarda keltirilishicha, zolim kim?
A) Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar
B) yomonlikka ko‘mak beradigan kishilar
C) birovga azob beradiganlar
D) yolg‘onchilar
Soxta hadislarning paydo bo‘lishiga sabab nima edi?
A) roviy bo‘lib mashhur bo‘lishga intilish
B) dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar
C) yolg‘onchilarning ko‘payib ketishi
D) roviylarni obro‘sizlantirish
«Al-jome’ as-sahih» asari yana qanday nom bilan ham mashhur?
A) «Tafsiri Buxoriy»
B) «Buxoriy hadislari»
C) «Ishonchli hadislar to‘plami»
D) «Sahihi Buxoriy»
O‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlagan olimlar berilgan qatorni aniqlang.
1) Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy; 2) Najmiddin Kubro; 3) Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy; 4) Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy;
5) Naqshbandiy.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3
C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4
Nima sababdan Imom Buxoriy umrining so‘nggi yillarida Samarqandga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi?
A) Samarqand hukmdori bilan oralari buzilgani uchun
B) Buxoroda turishi qiyin bo‘lib, sog‘ligi yomonlashgani uchun
C) Nasrulloning farzandlariga ta’lim berishni xohlamagani uchun
D) Xolid ibn Ahmad bilan oralari buzilgani uchun
Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadigan, ammo o‘zi amal qilmaydigan kishi nimaga o‘xshatiladi?
A) tekis yerga
B) hosilsiz daraxtga
C) yog‘insiz bulutga
D) qattiq, qurg‘oq yerga
Hadislardagi o‘xshatishlarga mos javoblarni tanlang.
1) suvni o‘zida tutib turmaydigan, ko‘kat ko‘kartirmaydigan yer; 2) unumdor yer;
3) suvni shimmaydigan, o‘zida to‘playdigan yer.
a) kofir; b) mo‘min; s) fosiq.
A) 1-b, 2-a, 3-s B) 1-a, 2-b, 3-s
C) 1-s, 2-b, 3-a D) 1-s, 2-a, 3-b
Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar…
A) roviylar B) muhaddislar
C) sahobalar D) faylasuflar
«Roviy» kim?
A) ma’lumot beruvchi
B) aytuvchi, rivoyat qiluvchi
C) hadis to‘plovchi
D) hadis to’plovchi
Hadis haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.
1) Hadis payg‘ambarimizning so‘zlari.
2) Qur’oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi.
3) O‘z ahamiyati jihatidan Qur’oni karimdan keyingi eng muhim qo‘llanma.
4) Hadislarni yig‘ish sahobalar davridan boshlangan.
5) Hadislar sanaddan iborat.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5
C) 2, 4 D) 4, 5
Nuqtalar o‘rniga Imom Buxoriy hayotiga oid ma’lumotlarni topib qo‘ying. « … erta vafot etganidan tarbiyasida … ning xizmati katta bo‘ldi».
A) Otasi, onasi B) Onasi, otasi
C) Ota-onasi, tog‘asi D) Otasi, bobosi
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Imom Buxoriy … yoshida … hadislarni yod bilar, ularning «sahih», «nosahih»ligini birma-bir isbot qilib bera olar edi».
A) o‘n, minglab B) o‘n olti, minglab
C) o‘n olti, o‘n minglab D) olti, yuzlab
Rasululloh yetimning kafilini olgan odam bilan o‘zini jannatda yonma-yon yashashini bashorat qilgan hadisning roviysi kim?
A) Abdulloh ibn Amr B) sahoba Ammor
C) Sahl ibn Sa’d D) Abu Hurayra
Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviylari kimlar? «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzun bo‘lsin desa, qarindoshurug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!»
A) sahoba Ammor, Sahl ibn Sa’d
B) Ammor ibn Yosir, Abu Hurayra
C) Anas ibn Molik, Abu Hurayra
D) Abu Hurayra, Sahl ibn Sa’d
Imom Buxoriyning qabri qayerda?
A) Xorazm viloyati Yanggiariq tumani Olmaliq qishlog‘ida.
B) Samarqand viloyati Ulug‘bek tumani Olmaliq qishlog‘ida.
C) Jizzax viloyati Zomin tumani Xarsang qishlog‘ida.
D) Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘ida
Imom Buxoriy qachon tug‘ilgan?
A) 810-yil 21-iyulda B) 870-yil 31-avgustda
C) 810-yil 21-iyunda D) 780-yil 21-iyunda
Hadis bu – ?
A) islom dinida Qur'ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo'lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axlo-qiy ko'rsatmalar
B) Muhammad payg'ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko'rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko'rib turib, uni man etmagan bo'lsa, ana shu uch holat
C) payg'ambar qilgan xatti-harakatlar yoki aytgan ko'rsatmalar
D) A, B, C
Yurtimizdan nechta ulug' muhaddis yetishib chiqqan?
A) 2 ta: Buxoriy, Termiziy
B) 3 ta: Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy
C) 4 ta: Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy, Nasafiy
D) 5 ta: Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy, Xorazmiy, Nasafiy
Nabiy sallallohu alayhi vasallam: "Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir", – dedilar. Ular nimalarni nazarda tutgan?
A) biri qarindoshini yo'qlagani uchun, ikkinchisi mehrini ulashgani uchun
B) biri qiyinchilikdan qutqargani uchun, ikkinchisi mehribonligi uchun
C) biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi zakot bergani uchun
D) biri yaqinlaridan xabar olgani uchun, ikkinchisi molini hisobga olgani uchun
Imom Buxoriy nima uchun umrining oxirida Samarqandga ko'chib o'tishga majbur bo'ladi?
A) Buxoro amirining qozisi bo'lishdan bosh tortgani uchun
B) Holid ibn Ahmadga saboq berishdan bosh tortgani uchun
C) Holid ibn Ahmad farzandlariga ta'lim berishdan bosh tortgani uchun
D) Din peshvolari bilan kelisha olmagani uchun
“Al-jome’ as-sahih” asarida keltirilgan hadisda ilm o’rganib, uni odamlarga ham o’rgatsada, ammo o’zi amal qilmaydigan kishilar qanday nomlangan.
A) mo’min B) fosiq
C) kofir D) gunohkor
Hadisda ilm o’rganmaydigan va o’zgalarga ham o’rgatmaydigan insonlar qanday nom bilan keltiriladi.
A) fosiq B) mo’min
C) kofir D) gunohkor
“Al-jome’ as-sahih” da keltirilgan hadisda Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydigan kishilar qanday nomlangan.
A) fosiq B) gunohkor
C) zolim D) kofir
“sahih” va “nosahih” so`zlarining ma`nosi
A) gumon va gumonsiz
B) ishonchli va ishonchsiz
C) aniq va noaniq
D) belgili va belgisiz
Alloh taolo bandalariga ko`rsatgan to`g`ri yo`l, yo`llanma islom ilmida qanday ataladi?
A) hidoyat B) sunnat
C) farz D) hadis
Ezop
«Ezop tilida so‘zlash», «ezopona til» deb qanday so‘zlashga aytiladi?
A) notiqlik qoidalariga rioya qilgan holda so‘zlash
B) hissiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalangan holda so‘zlash
C) oddiy va sodda xalqona so‘zlash
D) maqol, matallar va hikmatli so‘zlar bilan so‘zlash
Ezop qachon va qayerda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand edi?
A) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VII asrda B) Vavilonda, eramizdan avvalgi VI asrda
C) Frigiyada, eramizdan avvalgi VI asrda
D) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VI asrda
Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik va qayerga qul qilib olib kelingan?
A) Asli vavilonlik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
B) Asli yunonistonlik, Vavilinga qul qilib olib kelingan.
C) Asli frigiyalik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
D) Asli yunonistonlik, Frigiyaga qul qilib olib kelingan.
Ezop qay tarzda vafot etadi?
A) Haqgo‘yligi, adolatparastligi uchun hasadgo‘y dushmanlari uni Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
B) Hasadgo‘y dushmanlari uni Frigiyada tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
C) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
D) Hasadgo‘y dushmanlari Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
Ezop og‘ir vaziyatlarda qutqarib qolgan, lekin evaziga undan kaltak yegan mashhur faylasuf kim edi?
A) Krez B) Likurg
C) Ksanf D) Fedr
Ezop aql-u farosati, topqirligi bilan oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, qaysi darajalargacha ko‘tarilgan?
A) Vavilon shohi Likurgning saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Krezning xazinachi
B) Lidiya shohi Likurg saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Krez saltanatida xazinachisi
C) Lidiya shohi Krez saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinachi
D) Vavilon shohi Krez saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Likurgning xazinachisi
Qadim davrlardayoq «Ezop masallari» nomi ostida jamlangan kitobda Ezopning qancha masali yig‘ilgan edi?
A) 50 ga yaqin B) 300 dan ortiq
C) 500 ga yaqin D) 600 dan ortiq
Uzoq safarga otlanganda Ezop yengilroq yuk sifatida nimani ko‘tarib oladi?
A) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini
B) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan tuz solingan xaltani
C) besh kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan ovqat solingan qutini
D) uch kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan ovqat solingan qutini
Ezopni sotib olgan o‘ta yengiltak, kaltafahm odam bo‘lgan Ksanf qayerda yashardi?
A) Samos orolida B) Delfa shahrida
C) Lidiyada D) Frigiyada
«Do‘stlikka sadoqatli bo‘lish, yangi do‘st orttirganda eskilarini esdan chiqarib yubormaslik» g‘oyasi Ezopning qaysi masalida ilgari suriladi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
Quyidagi fikrlarni kim aytgan? «Do‘st uldurki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani, do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi».
A) Bobur
B) Navoiy
C) Huvaydo
D) Gulxaniy
Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
«Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma» matali Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?
A) «Eshak bilan baqalar»
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
D) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
«Kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta jazoga yo‘liqqay», – degan hikmatni Ezop qaysi masalida ilgari surgan?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
«Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin» maqoli Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Eshak bilan baqalar»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Kiyik bilan tokzor»
Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o‘z davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib, rivojlantirgan, o‘zlari ham ulardan ilhomlanib, yangi masallar yaratgan fransuz va rus adiblari kimlar?
A) Lafonten, Krilov B) Fyodr, Ba iy br
C) Lessing, Gellert D) Fedr, Babriy
«Kalila va Dimna» asari qaysi adabiyot namunasi hisoblanadi?
A) turk B) arab C) hind D) fors
XX asr o‘zbek adabiyotida masal janrining go‘zal namunalari qaysi adiblar ijodida uchraydi?
1) Hamza Hakimzoda; 2) Muxtor Xudoyqulov; 3) Yamin Qurbon;
4) Sami Abduqahhor; 5) O‘lmas Umarbekov; 6) Abdulla Avloniy;
7) Said Ahmad; 8) Muhammad Sharif Gulxaniy.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6, 8
C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6, 8
Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Alisher Navoiyning qaysi dostonlarida uchraydi?
A) «Hayrat ul-abror», «Mantiq ut-tayr»
B) «Mahbub ul-qulub», «Mantiq ut-tayr»
C) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr»
D) «Layli va Majnun», «Lison ut-tayr»
Masal nima?
A) Hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar bo‘lib, faqat nasriy shaklda yoziladigan asar.
B) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, faqat nasriy shaklda yoziladigan asar.
C) Faqat hayvonlar haqidagi hikoyalardan iborat janr bo‘lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar.
D) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar.
Masalning asosiy jihati nimada?
A) majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha ekanligida
B) to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlida
C) hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar ekanligida
D) asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsalardan iboratligida
Ezopning qaysi masalida qaysi obraz tilidan «Qilmish – qidirmish» maqoli keltirilgan?
A) «Kiyik va tokzor», tok
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon», cho‘pon
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon», muallif
D) «Kiyik va tokzor», kiyik
Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi xulosasi qaysi masalga tegishli?
A) «Eshak bilan baqalar»
B) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
C) «Kiyik bilan tokzor»
D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
«Bo‘ri bilan laylak» masalidan kelib chiqadigan asosiy xulosani toping.
A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo‘lish kerak.
B) Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak.
C) Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka yo‘yadilar.
D) B va C
Ezop masallari va ularning xulosalariga oid o‘zaro mos javoblarni toping.
1) «Bo‘ri bilan laylak»; 2) «Kiyik bilan tokzor»; 3) «Eshak bilan baqalar»;
4) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»; 5) «Ustiga tuz ortilgan eshak».
a) og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma; b) behuda chiranish belni chiqaradi;
s) birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil;
d) yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak;
e) qilmish – qidirmish.
A) 1-d, 2-b, 3-s, 4-e, 5-a
B) 1-d, 2-e, 3-s, 4-b, 5-a
C) 1-b, 2-e, 3-s, 4-d, 5-a
D) 1-d, 2-e, 3-s, 4-a, 5-b
«…men ham dengizni ichib yuborishim mumkin», – deya mast holatda katta ketgan Ezopning xo‘jayini kim edi?
A) Ksanf B) Likurg
C) Krez D) Fedr
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida masal janrida katta asar yozgan o'zbek shoiri?
A) Muhammadsharif Gulxaniy, "Zarbulmasal"
B) Huvaydo, "Rohati dil".
C) So'fi Olloyor, "Sabot ul-ojiziyn
D) Mashrab, "Qissai Mashrab"
Alisher Navoiyning masal janriga yaqin shaklda, majoz uslubida yozgan asarining nomi?
A) "Mahbub ul-qulub" B) "Lison ut-tayr"
C) "Hayrat ul-abror" D) "Layli va Majnun"
Ezop qaysi masali xulosasi bilan "Ko'rpangga qarab oyoq uzatgin" deydi?
A) "Ustiga tuz yuklangan eshak"
B) "Eshak bilan baqalar"
C) "Yovvoyi echkilar va cho'pon"
D) "Burgut, zag'cha va cho'pon"
Har bir inson, avvalo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima farqiga borishi, o'z ongi, aql-u farosati bilan anglab olishi kerak.
Ushbu fikr Ezopning qaysi masaliga nisbatan qo’llangan?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
B) “Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo‘ri bilan laylak”
D) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
Yomon fe'lli, baxil odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og'irini yengil qilaman, yordam beraman deb o'ylamang baribir u sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Ushbu fikr Ezopning qaysi masaliga nisbatan qo‘llangan?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
B) “Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo‘ri bilan laylak”
D) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
“Ustiga tuz ortilgan eshak” hamda “Burgut, zag‘cha va cho‘pon” masallarida olg‘a surilgan g‘oyaga mos keluvchi hikmatni aniqlang.
A) “Behuda chiranish belni chiqaradi”
B) “Yetti o‘lchab bir kes”
C) “Osilsang ham baland dorga osil”
D) “Torga tor dunyo”
Ezopning qaysi masali yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob berishga undaydi.
A) “Kiyik bilan tokzor”
B) “Eshak bilan baqalar”
C) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
D) “Bo’ri bilan laylak”
Ezopning qaysi masalida yaxshilikni ham uni qadriga yetganlarga qilish kerak degan fikr ilgari suriladi?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Bo’ri bilan laylak”
D) “Kiyik bilan tokzor”
Qaysi masal xalqimizdagi “Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil” degan maqolga mazmunan yaqin?
A) “Eshak bilan baqalar”
B) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
C) “Kiyik bilan tokzor”
D) “Bo’ri bilan laylak”
Xalqimizdagi “Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma” degan naql qaysi masalda o’z aksini topgan.
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Eshak bilan baqalar”
C) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
D) “Kiyik bilan tokzor”
“Behudaga chiranish belni chiqaradi” degan hikmatning yaqqolroq ifodasi qaysi masalda yaqqolroq tasvirlab berilgan?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Kiyik bilan tokzor”
“Burgut, zag’cha va cho’pon” masalida aks etgan toifadagi odamlarga nisbatan donolar qanday naql bilan tanbeh beradilar?
A) “Behudaga chiranish belni chiqaradi”
B) “Boshing osmonga yetsa ham, yerga qarab yur”
C) “Boshingga qilich kelsa ham rost gapir”
D) “Ko’rpangga qarab oyoq uzat”
Ko‘hnа Shаrq аdаbiyotidа hаm mаjоziy shаkldа, ya’ni turli hаyvоnlаr tilidаn tаrbiyaviy аhаmiyatgа mоlik hikоyachаlаr kеltirish qаdim hind аdаbiyotining nоdir nаmunаsi bo‘lgаn qaysi аsаr tаrkibidа uchrаydi
A) “Maxobxarat” B) “Ramayana”
B) “Qobusnoma” D) “Kalila va Dimna”
Xo`jayinini xalokatdan asrab qolgan Ezopni qanday taqdirlashadi?
A) bir qop tilla berishadi B) kaltaklashadi
C) qullikdan ozod etishadi D) o’ldirishadi
Ezopning qaysi asaridan “Ayrim kishilarning xiyla-nayrangi o`z boshiga balo bo`ladi” xulosasi kelib chiqadi?
A) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
B) “Eshak va baqalar”
C) “Kiyik va tokzor”
B) “Bo’ri bilan laylak”
Ezopning qaysi masalidan “O`zingdan zo`rlar bilan bellashaman deb kulgiga qolish” xulosasi chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Kiyik bilan tokzor”
Sabr-bardosh, qanaoat tushunchasi Ezopning qaysi masalida olg`a surilgan?
A) “Eshak bilan Baqalar”
B) “Kiyik va tokzor”
C) “Echkilar va cho‘pon”
D) “Bo’ri bilan laylak”
Ezopning qaysi masalida o’ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Kiyik bilan tokzor”
Masal qanday shaklda yoziladi?
A) nasriy B) she’riy
C) nazmiy D) nasriy yoki she’riy
Masalning asosiy qahramonlari kimlar ypki nimalar bo’ladi?
A) insonlar va hayvonlar
B) hayvonlar va narsa-buyumlar
C) narsa-buyumlar va insonlar
D) majoziy shakldagi hayvonlar
Ezopning xo’jayinlari ichida o’ta yengiltak va kaltafahm odam kim edi”
A) Likurg B) Krez
C) Ksanf D) Krilov
“Yangi do‘stlаrni еskilаrdаn аfzаl tutuvchilаr bilаn do‘stlаshishgа shоshilmаng, zеrо, yanа yangi do‘stlаr оrttirgаndа siz hаm еskilаrdаn bo‘lib qоlаsiz”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
Ezopning qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi?
A) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
B) “Eshak va baqalar”
C) “Kiyik va tokzor”
B) “Bo’ri bilan laylak”
“Arzimаgаn tаshvishdаn хаvоtirgа tushib, o‘zini o‘tgаcho‘g‘gа urgаn kishilаr yo birоr kаsаllikkа chаlinаdi yoki yеchib bo‘lmаs chigаlliklаrgа duch kеlаdi. O‘zgаlаr оldidа оbro‘-е’tibоrini yo‘qоtаdi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Eshak bilan baqalar”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
Ezopning qaysi masalida “ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarining o’ziniyoq yaxshilik qilganlarga yo’yadilar” xulosasi kelib chiqadi?
A) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
B) “Eshak va baqalar”
C) “Kiyik va tokzor”
D) “Bo’ri bilan laylak”
“Sаbr-u bаrdоshli, qiyinchilikkа chidаmli, yo‘qchilikkа qаnоаt qilа оlgаn оdаm hеch qаchоn kаm bo‘lmаydi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Eshak bilan baqalar”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
“Gоhidа qiyinchilikni yеngib o‘tishdаn ko‘rа uni аylаnib o‘tishgа yoki hiylа-nаyrаng ishlаtib, o‘z mаqsаdigа еrishishgа hаrаkаt qiluvchi kimsаlаr bo‘lаdi. Ulаr bаlki bа’zidа niyatlаrigа yеtаrlаr hаm. Birоq bu uzоq dаvоm еtmаydi. Albаttа, birоr ishkаl bo‘lib, bаrchа hаrаkаtlаr chippаkkа chiqаdi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Eshak bilan baqalar”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
“Hаr qаndаy qiyinchilikni bаrdоsh bilаn yеngib o‘tishgа hаrаkаt qilgаn оdаm, аlbаttа, mаqsаdigа yеtаdi. Kurаshlаr bilаn аmаlgа оshgаn ish qаdrli vа mustаhkаm bo‘lаdi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Eshak bilan baqalar”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
“Ayrim ishyoqmаs, hаvоyi kishilаr mаqsаdlаrigа tеz vа оsоn yеtishish uchun turli nаyrаnglаr o‘ylаb tоpаdilаr-u, аmmо kutilmаgаndа pаnd yеb qоlаdilаr. Yengil yo‘l bilаn qo‘lgа kirgаn nаrsа bаrаkаli hаm bo‘lmаydi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Eshak bilan baqalar”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
Ezopning qaysi masali har qanday inson hayotda o’z o’rnini bilishi lozimligini eslatadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
“Yoshi ulug‘ yoki mаrtаbаsi bаlаnd kishilаr оldidа mаqtаnchоqlik qilish, o‘z imkоniyatlаrigа to‘g‘ri bаhо bеrа оlmаslik охir-оqibаt shu kimsаni bеоbro‘ qilаdi, е’tibоrdan chеtgа chiqib qоlishigа sаbаb bo‘lаdi”. Ezopning qaysi masalidan shunday xulosa kelib chiqadi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
Ezop masallarida o’zini burgut hisoblaydigan qush qaysi?
A) qarg’a B) zag’cha
C) to’ti D) mayna
Ezop “Qilmish – qidirmish” deb ingragan jonivor qaysi?
A) eshak B) zag’cha
C) kiyik D) burgut
Ezop masallarida havo bulutligi tufayli yaylovga olib chiqilmagan jonivorlar qaysilar
A) qo’ylar B) echkilar
C) otlar D) sigirlar
Ezop masallarida suvga cho’kib ketgan jonivor qaysi?
A) eshak B) kiyik
C) zag’cha D) sigir
Ezop masallarida hasadgo’y qush qaysi?
A) burgut B) mayna
C) chumchuq D) zag’cha
Ezop masallarida nima suvda erib eshakning yuki yengillashadi?
A) shakar B) tuz
C) un D) yuvg’ich
Ezop masallarida Zag’chaning qanotlarini mim kesib qo’yadi?
A) dehqon B) bolalar
C) ovchi D) cho’pon
Ezop masallarida “nonko’rlar” deya haqoratlangan jonivorlar qaysilar?
A) eshaklar B) baqalar
C) echkilar D) kiyiklar
Ezop masallarida burgutning o’ljasi nima edi?
A) zag’cha B) ilon
C) qo’zi D) bir qush
Ezop masallarida uchishga ham, qochishga ham imkoni qolmagan qush qaysi?
A) mayna B) chumchuq
C) to’ti D) zag’cha
Ezopning qaysi masalida do’st tanlashda shoshilmaslik kerakligi aytiladi?
A) “Bo’ri bilan laylak”
B) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
Do'stlaringiz bilan baham: |