Nazorat savollari
1. Limfa tizimi takomillashuvini tushuntiring.
2. Taloqning organizmda joylashuvi va funksiyalarini ayting.
3. Leykositlarning organizm immunitetini ta’minlashdagi roli
4. Suyak ko’migida shaklli elementlarning ishlab chiqarilishini tushuntring.
MAVZU: 14. ASAB TIZIMI.
Ma’ruza rejasi:
1. Nerv tizimining umumiy tuzilishi.
2. Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi.
3. Bosh miya va uning qismlari.
Tayanch iboralar: neyron, nerv tolasi, oq modda, kulrang modda, markaziy nerv sistemasi, periferik nev sistemasi, nerv sistemasi embriogenezi. neyrogliya, oq modda, kulrang modda, o’tkazuvchi yo’llar, orqa miya markazlari, refleks, reflektor yoyi.
Nerv tizimi tirik tanadagi barcha tizimlar, a’zolar, tukimalar va xujayralar faoliyatlarini bir butun organizmning uzgaruvchan extiyojlariga mos ravishda boshkarib turadi. Organizmning extiyojlari esa ichki muxitning, tashki muxitning va xayot faoliyatining uzluksiz uzgarishlari bilan uzviy boglikdir.
Nerv tizimi deganda nixoyatda murakkab yo’llar bilan uzaro boglangan bexisob nerv xujayralari (neyronlar), ularning usimtalari tutamlaridan tashkil topgan nerv tolalari va usimtalari uchidagi sezuvchi yoki ko’zgotuvchi nerv oxirlari majmuasi tushuniladi.
Nerv tizimi ikki xil tukimadan tashkil topgan: aynan nerv xujayralari - neyronlar va neyrogliya xujayralari. Neyronlar va neyrogliya xujayralarining nixoyatda yirik tuplamlari nerv tizimining markaziy a’zolarini - bosh miya va orqa miyani tashkil kilsalar, periferik nerv tizimini esa neyronlarning katta-kichik tuplamlaridan iborat kuplab nerv tugunlari xamda ular usimtalari tutamlaridan iborat nervlar va nerv oxirlari tashkil kiladilar. Ammo nerv tizimini markaziy va periferik nerv tizimlariga bulib urganish nixoyatda shartli bulib, aslida ular anatomik va funktsional jixatdan bir tizimdirlar. Nerv tizimida ta’sirotni sezish, nerv impulьsini xosil kilish, uni uzga nerv xujayralariga yoki ishchi a’zolar xujayralariga uzatish kabi asosiy vazifani neyronlar bajaradilar. Neyrogliya xujayralari esa nerv tukimasiga xos bulgan «xususiy ichki muxit» tarkibining doimiyligini ta’minlash, neyronlarni uzga tukimalar xujayralaridan chegaralash, ulardagi modda olmashinuvini ta’minlash, ichki bushliklar yuzasini va nerv tugunlari xamda nervlarning tashki yuzasini qoplash vazifalarini bajaradilar.
Nerv tizimi turli a’zolar faoliyatini boshkarishni ikki asosiy uslub orkali amalga oshiradi:
Ishchi a’zolar xujayralariga tugrida-tugri nerv impulьsi ta’siroti orkali ular faoliyati turli tomonlarini uzgartirish;
Gipotalamik neyrosekretor xujayralar ishlab chikargan omillar orkali gipofizning turli xujayralari faoliyatiga ta’sir etib, gipofiz gormonlari uz navbatida periferik endokrin bezlar faoliyatiga, periferik endokrin bezlarning gormonlari esa barcha a’zolar xujayralarining faoliyatiga ta’sir etib, ular faoliyatining turlicha tomonlarini kuchaytirish yoki susaytirish kobiliyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |