Bilak - kaft ustki bugimi murakkab, ikki ukli, ellips shakliga ega. Bugim xosil bulishda bilak suyagini pastki uchidagi bugim yuzasi kaft ustki suyaklarining yukori katori bilan birikishi natijasida xosil buladi. Bugim xosil bulishda kaft usti suyaklardan nuxatsimon suyak katnashmaydi. Tirsak suyagining fakat togayli diski bugim yuzasining bir kismini tuldiradi. Bugim umumiy kapsula bilan uralgan bulib, yenlama bilak, yenlama tirsak va yenlama kaft bilak boylamlari bilan mustaxkamlangan. Bugimda ikki xil xarakatlar bajarilishi mumkin: sagittal uk atrofida – panjani olib kelish va olib kochish, kundalang uk atrofida – panjani bukish va yezish. Kul panjasi aylanma xarakatni xam bajara oladi.
Kaft oldi o’rta bugimlari kaft ust katordagi uchta suyaklar, nuxatsimon suyakdan tashkari, ikkinchi katordagi to’rta kaft usti suyaklari bilan birikadi. Bugim panjalariga kaftoldi-kaft, kaftlararo bugimlar xam kiradi. Kursatilgan bugimlarda, katta barmokning kaft oldi-kaft bugimidan tashkari, xarakatlar chegaralgan buladi.
Kaft - barmok bugimlari kaft suyagining distal uchidagi bugim yuzasi bilan barmokning proksimal falangasining bugim yuzasi bilan birikishi natijasida xosil buladi.
Falangalararo bugimlar esa blok shaklida bulib, bularda fakat bir xil xarakat bajariladi: kundalang uki atrofida bukish - yozish xarakatlari ko’zatiladi.
Kul suyaklari bugimlarning ung va chapligini aniklash uchun yyelka bugimida yyelka suyagining boshchasini medial tomonga yunalganligiga e’tibor berish kerak, tirsak bugimida lateral yuzasidagi tirsak usigiga, bilak-kaft bugimida tirsak suyagining bigizsimon usigiga va kaft-barmok bugimida barmoklarni boshchasiga e’tibor berish kerak. Kul suyaklari boksyorlarda, fextovalщiklarda, basketbolchilarda va voleybolchilarda xarakatchanligi yukori darajada rivojlangan buladi. Boksyorlarda kaft - barmok bugimlari shiddatli yuklamalar ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi
Erta yoshlik davrida bugimlar faol rivojlanadi va bugim tarkibiga kiruvchi asosiy va yerdamchi komponentlarini shakllanishi 13-16 gacha tugallanadi. Yosh bolalarda, usmirlarda va aellarda erkaklarga nisbatan bugimlarning xarakatchanligi va egiluvchanligi ancha ustun buladi. Odamlarning yoshi kattalashishi bilan bugimlardagi xarakatchanlik kamayadi. Asosiy sabablardan deb fibroz membranalarni va boylamlarni sklerozlashishi, muskul aktivligini susayishini kursatish lozim. Yoshga karab uzgarishlarni oldini olish maksadida va bugimlarda yukori darajada xarakatchanlik xususiyatini saklab kolish maksadida doim jismoniy mashklar bilan shugullanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |