M E ’DA OSTI BEZININ G IN K R ETO R QISMI
Me’da osti bezining bir millionga yaqin yumaloq shaklli hujayralari bo'lib, ular ishlab chiqargan gormonlar qonga shimiladi. Shuning uchun bu xildagi bez to'plamini inkretor funksiyali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi. Orolcha bezlari insulin, glukogen va lipokain gormonlarini ishlab chiqaradi. Insulin hujayralarda ishlanib, qon tarkibidagi glukoza kontsentratsiyasining kamayishi (gipoglikemiya)ni ta’minlab, nerv hujayralariga o'tishiga yordam beradi. Glukoza insulin ta’sirida qonda kamayadi, glukozani glukogenga aylantiradi. Shu bilan insulin glukoza uchun hujayralar membranasining o'tkazuvchanligini oshiradi va glukoza hujayra ichiga kirib utilizatsiya bo'ladi. Bulardan tashqari, insulin oqsillar parchalanishining oldini oladi va ularni glukozaga aylantiradi, insulin aminokislotalardan oqsil sintezlanishini va ulaming hujayralarga yo'nalishini kuchaytiradi. U yog' almashinuvini boshqaradi, yog'ning sarflanishini tormozlaydi.
Diabet kasalligida qonda qand miqdori ortadi. Bunda jigar va muskullarda glikogenez (glukozaning glukogenga aylanishi) susayadi, organizm hujayralarida glukozaning o'zlashtirilishi buziladi. Diabet kasalligida uglevod almashinuvining buzilishidan tashqari, oqsillar va yog'lar almashinuvi ham buziladi. Glikogen me’da osti bezi hujayralarida ishlanib, insulinga antogenezdir.Jigarda glukogenning glukozaga parchalanishi kuzatiladi va qonda glukoza miqdori oshadi. Glukogen yog' parchalanishini kuchaytiradi.
Lipokain gormoni lipidlaming hosil bo'lishini va jigarda yog' kislotalari oksidlanishini kuchaytirib, ulami o'zlashtirishga yordam beradi. Glukogen gormoni hujayralarda ishlanib, jigardagi glukogenni glukozaga aylantirib, qonga chiqarib beradi. Natijada qonda glukoza miqdori (normada 4,45— 6,65 mmol/1 yoki 80— 120 mg%) 0,1—0,5% gacha ko'payadi. Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish faoliyati susaysa, buyrak orqali siydik bilan ko'p miqdorda (5% gacha) glukoza tashqariga chiqadi. Bu hol qand kasalligi (diabet) kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga bir kecha-kunduzda 5—6 / suv chiqib, organizm suvsizlanadi, odam chanqab, ko'p suyuqlik ichadi. Qonda qand miqdorining kamayishi jigarda glikogenning kamayishiga, oqsil va yog'laming parchalanib, qandga aylanishiga olib keladi, odam ozadi. Natijada organizm funksiyalari (nafas olish funksiyasi ham) o'zgarib, bemor hushdan ketib, ahvoli og'irlashib, o'lib qolishi ham mumkin. Shuning uchun qand kasalligi bilan og'rigan odamlar shirinlikdan, oq non va xamirli ovqatlardan saqlanib, insulin olib turishlari kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |