Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Ponasimon suyak (os sphenoidale) kalla asosining o’rtasida joylashgan 
bo’lib, murakkab ko’rinishga ega. U deyarli barcha kalla suyaklari bilan 
birlashib, kalla tomini yon devorlari, hamda kalla asosi va yuz qismi 
chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ponasimon suyakda tanasi, katta va 
kichik qanotlari va qanotsimon o’simta tafovut qilinadi. 
Ponasimon suyak tanasi (corpus) noto’g’ri kub shaklida. Uning ichida 
havo saqlaydigan ponasimon bo’shliq (sinus sphenoidalis) bor. Ponasimon 
suyak tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suyagini asosiy qismi bilan birikib 
ketadi.
Kichik qanot (ala minor) suyak tanasining yon tomonlaridan ikkita ildiz 
hosil qilib chiqqan juft plastinka shaklida.
Katta qanot (ala major) juft bo’lib tananing yon yuzasidan boshlanadi. 
Uning to’rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miyaga qaragan yuzasida (facies 
cerebralis), ko’z kosasiga qaragan yuzasi (facies orbitalis) ko’z kosasining 
lateral devorini hosil qiladi. Yuqori jag’ yuzasi (facies maxillaris) uchburchak 
shaklida, qanot-tanglay chuqurchasiga qaragan bo’lib, unga yumaloq teshik 


ochiladi. Chakka yuzasi (facies temporalis) keng bo’lib, uni chakka osti qirrasi 
(crista infratemporalis)

ikki qismga ajratadi. Yuqorigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurchasi 
devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka 
osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. 
Qanotsimon o’simtalar (processus pterygoideus) juft bo’lib, tanadan katta 
qanot boshlanadigan joydan pastga qarab vertikal yo’nalgan. Ularning ichki 
yuzasi burun bo’shlig’iga qaragan bo’lsa, tashqi yuzasi chakka osti 
chuqurchasiga qaragan. Ularning asosida oldindan orqaga qarab yo’nalgan 
qanotsimon kanal (canalis pterygoideus) o’tadi. Qanotsimon o’simtalar ikki: 
ichki plastinka (lamina medialis) va tashqi plastinkadan (lamina lateralis) 
iborat. 
Yangi tug’ilgan bola ponasimon suyagi to’rtta alohida qismdan iborat. 
Uning tanasi oldingi va orqa bo’lakdan iborat bo’lib, o’zaro yupqa tog’ay 
qatlam bilan ajragan. Kichik qanotlar tananing oldingi qismi bilan birikkan 
bo’lsa, katta qanotlar undan tog’ay qatlam bilan ajragan. Katta qanotlar yuzalari 
katta odamnikiga o’xshasada, ular yaxshi rivojlanmagan va nisbatan kichik. 
Qanotsimon o’simta oldingi va yon tomonga qiyshaygan. Emizikli davrda
suyak tanasining oldingi va orqa qismlari o’zaro qo’shiladi. Uch yoshlarda katta 
qanotlar tanasi bilan birikib, ponasimon sinus paydo bo’laboshlaydi. Bolalikning 
birinchi davrida ponasimon suyak kattalarnikiga o’shash xususiyatga ega 
bo’lsada, uning relefi to’liq takomillashmagan. Bolalikning ikkinchi davrida 
suyak relefi kuchayadi va ponasimon sinus kattalashadi. Balog’at davrida suyak 
relefida shaxsiy va jinsiy belgilar paydo bo’ladi. 15-18 yoshlarda ponasimon va 
ensa suyaklari o’zaro qo’shiladi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish