Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
67
library.ziyonet.uz/
xanjar uradi. Yurakni sugʻurib oladi. ...yoʻlda ketarkan, oyoqlari chalishdi va mehribon
onaning yuragi tushdi yerga. Shunda shoʻrlik onaning yuragi kirdi tilga va dedi
qarshisidagi oʻgʻliga: «Jonim bolam, yomon yiqilmadingmi? Qaragin, sogʻmi taning, et-
beting?..» ...Shunda yigit taxta boʻlib qotib qoldi, Qancha yugursa ham qizga yetolmay
yotib qoldi...
Ota va onaning bolaga boʻlgan mehri ilohiy tarzda qalbga singdirilgan boʻlsa-da, bu
mehrni quvvatlantirish uchun Rasulullohning axloqlaridan ibrat olishimiz lozim.
Darro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) imom
Hasanni yelkalariga mindirib: «Ey Rabbim! Men bu nabiramni sevaman, Sen ham uni
sevgin!» deb kelayotganlarini koʻrgan edim», - dedilar.
Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Hazrati Oishaga (r.a.) bir bechora xotin tilanib keldi.
Oisha unga uchta xurmo bergan edilar, u yonidagi ikki bolasiga bittadan xurmo berdi-da,
bittasini oʻzi uchun olib qoldi. Bolalar xurmolarini yeb boʻlishib, yana onalariga umid
bilan qarashdi. Ona qoʻlida ushlab turgan xurmoni ikkiga boʻldi-da, bolalariga uzatdi.
Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida Oisha bu voqeani ul janobga aytib bergan edilar, Sarvari
koinot (s.a.v.) dedilar: «Sen bunga nima uchun ajablanasan? Ikki bolasiga marhamat,
mehr-shafqat qilgani uchun Alloh taolo ham unga marhamat qiladi».
Mazkur hadisning magʻzini chaqsak, Alloh taoloning marhamati deyilganda Uning ajri,
ya’ni, ota-onaning qariganida farzandlari tufayli koʻradigan rohati-farogʻati nazarda
tutilgan, degan ma’no chiqadi.
Hazrati Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh huzurlariga bir a’robiy kelib: «Sizlar
yosh bolalaringizni oʻpasizmi? Bizlarda bunday odat yoʻq», - dedi. Rasululloh (s.a.v.):
«Alloh taolo sening koʻnglingdan rahmatini tortib olgan boʻlsa, uni men qanday qilib
sening koʻnglingga joylay olaman», - dedilar.
Ta’kid sifatida ostiga chizib qoʻyilgan soʻzlarga e’tiborimizni qarataylik, shunda oz
boʻlsa-da uchrab turadigan ayrim ota yoki onalarning oʻz farzandlariga nima uchun
bemehr ekanliklarining sababini anglaganday boʻlamiz: demak Yaratgan Rabbimiz
ularning koʻnglidan rahmatni tortib olib qoʻygan ekan. Bundaylar kelajakda qanday ajr
olishlarini oʻylab koʻrisharmikin? Yoʻq, oʻylashmasa kerak. Chunki rahmat tortib olingan
koʻngillarda iymon boʻlmaydi. Faqat iymonsiz odamgina oʻz farzandidan kechadi.
Yetimxonalardagi tirik yetimlarning ota-onalarini «ota» yoki «ona» deyilmish sharafli
nom bilan atashga til ham hazar qiladi.
Rivoyat qilurlarkim, hazrati Umar (r.a.) bir moʻ'tabar odamni shahar hokimi etib
tayinlamoqchi boʻldilar. Kotib farmonni yozishga kirishgan onda bir goʻdak kirib
amiralmusliminning tizzalariga chiqib, oʻtirib oldi. Xalifa bolakayni oʻpib, erkaladilar.
Hokimlikka tayinlanayotgan kishi buni koʻrib:
-Bu goʻdak oʻz oʻgʻlingizmi? - deb soʻradi.
-Yoʻq, bu bir kambagʻalning farzandi. Ota-onasi vafot etgan. Bolani oʻz tarbiyamga
olganman, - dedilar hazrati Umar.
Do'stlaringiz bilan baham: |